Normamatova dildora
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
"-qa", "-ka"qo'shimchasining omonimligi:
jo'nalish kelishigi: qishloqqa , falakka * so'z yasovchi: loy+qa=loyqa , is+ka=iskamoq lug'aviy: chaymoq+qa=chayqamoq, surmoq+ka=surkamoq. "-k"qo'shimchasining omonimligi: * fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): o'qisa+k=o'qisak, olib keldi+k=olib keldik ot yasovchi: ista+k=istak, beza+k=bezak sifat yasovchi: o'ksi+k=o'ksik, chiri+k=chirik "-sa"qo`shimchasining omonimligi: fe'l yasovchi: suv+sa=suvsamoq fe'lning munosabat shakli (shart mayli qo`shimchasi): bilimlarrini mustahkamla+sa, ... uni uchrarib qol+sa+m, ..... "-ay"qo`shimchasining omonimligi: fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): O`zim tushuntir+ay=tushuntiray. * fe'l yasovchi: ko`p+ay+moq=ko`paymoq, ulug`+ay+moq=ulg`aymoq "-y"qo`shimchasining omonimligi: fe'l yasovchi: keksa+y+moq=keksaymoq, qora+y+moq=qoraymoq fe'lning munosabat shakli (zamon qo`shimchasi): (ESLATMA: "-y" zamon qo`shimchasi har doim fe'l kesim tarkibida keladi va o`zidan keyin har doim -man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-son qo`shimchalari qo`llaniladi) Men ham tozala+y+man=tozalyman fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli qo`shimchasi): (ESLATMA: buyruq mayli "-y"qo`shimchasi ham har doim fe'l kesim tarkibida qo`llaniladi, o`zidan keyin hech qanday vositalar kelmaydi va, eng muhimi, gapning egasi "MEN" yoki "O`ZIM" kabi olmoshlar bilan ifodalangan bo`ladi.) Xonani o`zim tazala+y=tozalay. lug`aviy (fe'lning ravishdosh shakli qo`shimchasi): ( ESLATMA: ravishdosh "-y" qo`shimchasi hol vazifasini bajarib kelgan fe'llar tarkibida yoki ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasining yetakchi fe’li oxirida qo`llaniladi.) Aybsizligimni isbotla"-y" olmadim. (bu yetakchi fe'lning oxirida kelishiga misol), O`g`lidan kelgan maktubni o`qiy-o`qiy ko`zlari toldi. (bunisi hol tarkibida kelishiga misol) "-a"qo`shimchasining omonimligi: ot yasovchi: qahqaha (taqlid so`zdan ot yasagan) sifat yasovchi: to`la (fe'ldan sifat yasagan) fe'l yasovchi: qiyin+a+moq=qiynamoq, son+a+moq=sanamoq fe'lning munosabat shakli (zamon qo`shimchasi): ( ESLATMA: zamon "-a" qo`shimchasi o`zidan keyin har doim -man, -miz, -san, -siz kabi zamon qo`shimchalarini qabul qiladi.) Men ham bugun qayt+a+man=qaytaman. Vaziyatingni yotig`i bilan tushuntir+a+san=tushuntirasan. * lug`aviy (fe'lning ravishdosh shakli): (ESLATMA: ravishdosh "-a" lug`aviysi ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasining yetakchi fe'li oxirida yoki hol vazifasini bajarib kelgan fe'llar tarkibida qo`llaniladi.) Manzilga qiynala-qiynala yetib keldik. (bu hol vazifasini bajargan fe'l tarkibida kelishiga misol) Vaziyatimni hech tushuntir"-a" olmadim. (bu yetakchi fe'lning oxirida qo`llanilishiga misol) yuklama(so`roq-taajjub yuklamsi): Meni esladingiz-a? "-xon"qo'shimchasining omonimligi: ot yasovchi: kitob+xon, g'azal+xon lug'aviy shakl yasovchi: ota+xon "-loq"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi: tosh+loq, qum+loq lug'aviy shakl yasovchi: bo'taloq (tuyaning bolasi) "-lab"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ravish yasaydi) tonna+lab, oy+lab lug'aviy shakl yasovchi (chama son qo'shimchasi): minglab, yuzlab Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling