Normamatova dildora
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- "-gi"
"-gin, -qin, -kin"qo'shimchasining omonimligi:
sintaktik shakl yasovchi (fe'lning buyruq mayli qo'shimchasi): eshit+gin, olib chiq+qin, ek+kin so'z yasovchi (ot yasaydi): toshqin, bosqin, tizgin so'z yasovchi (sifat yasaydi): jo'shqin, sotqin, g'amgin, ezgin, keskin "-ch"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): ishonch, quvonch so'z yasovchi (sifat yasaydi): tinch, jirkanch "-gi"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): supurgi, sevgi so'z yasovchi (sifat yasaydi): bugungi, kunduzgi "-don"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): qalamdon, kuldon so'z yasovchi (sifat yasaydi): qadrdon, bilimdon "-dor"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): hukmdor so'z yasovchi (sifat yasaydi): aybdor “-ik”qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): kech + "-ik" = kechik. (Daryoning sayoz qismini bildiruvchi bu so'z fe'ldan yaslagan yasama otdir) so'z yasovchi (sifat yasaydi): egik, bukik. Boshim egik, qaddim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. so'z yasovchi (fe'l yasaydi): kech +"-ik" = kechik (Biror joyga yoki ishga olgura olmaslik ma'nosini bildiradigan ushbu yasama fe'l ravishdan yasalgan) "-iq"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): chopiq, chiziq so'z yasovchi (sifat yasaydi): yopiq, siniq so'z yasovchi (fe'l yasaydi): yo'liqmoq, zo'riqmoq "-kash"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): aravakash, suratkash so'z yasovchi (sifat yasaydi): zahmatkash, jafokash "-ki"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): tepki, turtki so'z yasovchi (sifat yasaydi): ertalabki, kechki yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): shunday gapirdiki, ...... "-kor"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): g'allakor, paxtakor so'z yasovchi (sifat yasaydi): itoatkor, shiddatkor "-la"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (fe'l yasaydi): ong+la=anglamoq, gullamoq, isbotlamoq Ko'makchi ("bilan" ko'makchisining qisqargan(she'riy) shakli): Sen-la baxtliman. (Sen bilan baxtliman) yuklama ("-oq" yuklamasining ma'nodoshi): keliboq ketdi. kelib-la ketdi "-lik" qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): jizzaxlik, yaxshilik so'z yasovchi (sifat yasaydi): astarlik mato, qishlik zaxira "-oq"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): o'roq, quchoq, qo'noq, yotoq so'z yasovchi (sifat yasaydi): qo'rqoq yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): ko'riboq yig'lab yubordi. "-chi"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): tijoratchi, jangchi so'z yasovchi (sifat yasaydi): a'lochi * yuklama (so'roq-taajjub yuklamasi): Sen-chi, ...... tushunsang-chi........ "-chiq"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): yopinchiq so'z yasovchi (sifat yasovchi): qizg'anchiq "-q"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (ot yasaydi): tirnoq, og'riq so'z yasovchi (sifat yasaydi): sovuq, achchiq Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling