Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet37/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

Orttirma nisbat "-ar" qo'shimchasi, yuqorida aytganimdek, bor-yo'g'i ikkitagina (qaytmoq, chiqmoq) fe'llariga qo'shiladi va o'zidan keyin hech qachon to'g'ridan to'g'ri -man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-son qo'shimchalarini hamda "edi, ekan, emish" to'liqsiz fe'llarning oddiy holatini ham, fonetik hodisaga uchragan holatini ham qabul qila olmaydi, orttirma nisbat "-ar" qo'shimchasi o'zidan keyin bo'lishsizlik "-ma" qo'shimchasini, fe'lning xoslangan shakllari qo'shimchalari(Yuqorida yodlagansiz.)ni, fe'lning boshqa nisbat qo'shimchalari(Eslaysiz-aaa?)ni, zamon qo'shimchalari(Esladingizmi?)ni erkin qabul qila oladi:

1. Yangi mahsulotni bozorga chiq"-ar"+ayotgan xodimlarga tashakkur aytamiz. (Bu gapda sifatdosh "-ayotgan" qo'shimchasidan oldin keldi).


2. Ishchilarni bu yo'ldan qayt"-ar"+ma+sin. (Bu gapda bo'lishsizlik qo'shimchasidan oldin kelgan).
3. Bu mahsulotlar iste'molga chiq"-ar"+il+gach daromadimiz yana ortadi. (Bu gapda nisbat qo'shimchasidan oldin kelgan).
4. Seni o'z yurtingga qayt"-ar"+moqchi+miz. (Bu gapda zamon qo'shimchasidan oldin kelgan).

Endi mavzuning eng dolzarb jihatiga e'tiborimizni qaratamiz, ya'ni "-ar" zamon qo'shimchasini olgan "QAYTMOQ, CHIQMOQ" fe'llari va "-ar" orttirma nisbat qo'shimchasini olgan "QAYTMOQ, CHIQMOQ" fe'llari yuqoridagi 👆👆 hech qanday belgilarsiz kelsa, qanday farqlanishini o'rganamiz:


Agar "qayt+ar" , "chiq+ar" so'zlari aynan shu holatda fe'l kesim vazifasini bajarsa-yu, o'sha gap gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari jihatidan "buyruq gap" bo'lsa, ushbu fe'l tarkibidagi "-ar" qo'shimchasi orttirma nisbat qo'shimchasi hisoblanadi, (Avval tayyorlanganlarga: ushbu fe'l kesim ikkinchi shaxs birlik, buyruq mayli , kelasi zamon ma'nosidagi fe'l kesim hisoblanadi)
Agar "qayt+ar" , "chiq+ar" so'zlari aynan shu holatda kesim vazifasini bajarsa-yu, ushbu gap ifoda maqsadiga ko`ra"darak gap" bo'lsa , ushbu fe'l tarkibidagi "-ar" qo'shimchasi zamon qo'shimchasi hisoblanadi. (Avval tayyorlanganlarga: ushbu fe'l kesim uchinchi shaxs birlik, xabar mayli, kelasi zamon ma'nosidagi fe'l kesim hisoblanadi).
Olgan qarzlaringni qaytar.
Ukangni bu yo'ldan qaytar.
Shu oyda bir-ikkita maqolangni chiqar.
(Ushbu gaplardagi "-ar" qo'shimchalari orttirma nisbat qo'shimchasi edi, chunki ushbu gaplar buyruq gaplardir, yana bir xususiyati borki, bu -ar qo`shimchasidan keyin xayolan -gin buyruq-istak mayli qo`shimchasini qo`yib ko`rish mumkin bo`ladi).

Farzandingiz, balki , sizni quvontirish uchun qishloqqa qaytar.


Ehtimol, ishchilaringiz orqa eshikdan chiqar.
(Ushbu gaplardagi "-ar" qo'shimchalari zamon qo'shimchasi edi, chunki yuqoridagi gaplar darak gaplar edi. Shuni bilingki, bunday holatda -ar qo`shimchasidan keyin -gin buyruq-istak mayli qo`shimchasini keltirib bo`lmaydi).

Yuqorida "-ar" qo'shimchasi haqida keraklicha ma'lumot berib o'tildi. Yana bir necha farqlanishlar bor, bularni avval tayyorlanganlarga tushuntirib berishim mumkin, chunki bu izohlarda o'timli-o'timsizlik xususiyatlari hamda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi mavzulariga chuqur kirib borishimiz kerak:


Avval tayyorlanganlarga ma'lumki, orttirma nisbat qo'shimchalari o'timsiz fe'llarni o'timli fe'lga aylantiradi, boshqa qo'shimchalarda bunday xususiyat mavjud emas, "Chiqmoq, qaytmoq" so'zlari o'timsiz fe'l ekanligi barchamizga ayon, ya'ni hech qachon vositasiz to'ldiruvchilar bilan bog'lana olmaydi. Agar bu fe'l tarkibida orttirma nisbat "-ar" qo'shimchasi mavjud bo'lsa, o'timli fe'lga aylanadi, agar tarkibida zamon yoki sifatdosh "-ar" qo'shimchalari mavjud bo'lsa, o'timsiz holatida qolaveradi:


Yuk mashinasi"-ni"qaytarmoq, maqola"-ni" chiqarmoq kabilarda orttirma nisbat qo'shimchasi, chunki ushbu fe'llar o'timli fe'lga aylandi.
Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi tarkibida nisbat qo'shimchalarining qo'llanilishi haqida ham ma'lumotga egasiz, to'g'rimi? Zamon qo'shimchalari va fe'lning xoslangan shakllari ko'makchi fe'lning oxirida keladi, orttirma nisbat qo'shimchasi esa yetakchi fe'l tarkibida qo'llaniladi, shuning uchun matndagi "qaytar, chiqar" fe'llari ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasiga aylantirilganida tarkibidagi "-ar" qo'shimchasi yetakchi fe'l tarkibida qolsa, orttirma nisbat qo'shimchasi hisoblanadi, ko'makchi fe'l tarkibiga o'tib ketsa, zamon yoki sifatdosh qo'shimchasi hisoblanadi:

Kuyinmang, opa o'g'lingiz bugun-erta qaytar. (Qaytib qolar).


Yodlagan she'ringni tez-tez qaytar. (Qaytarib tur).

Aytdim-ku, farqlari juda oddiy.




Hurmatli abituriyentlar, majhul nisbat va o'zlik nisbat "-n" qo'shimchasining omonimligiga ot yasovchi "-n" (tarjimon) qo'shimchasini yozmadim, ot yasovchi va sifat yasovchi "-gi" qo'shimchasining omonimligiga harakat nomi "-gi" (o'qi"-gi"m kelmayapti) qo'shimchasini yozmadim, "-ona" qo'shimchasini ravish yasovchi va ot yasovchi sifatida (do'stona - shukrona) omonim qilib yozmadim, "-it" qo'shimchasini orttirma nisbat va fe'l yasovchi (qo'rq+it+moq - berk+it+moq) sifatida omonim qilib ma'ruzaga kiritmadim, negaligini avval ham aytganman: haaar bir repititor o'zi topgan yangiliklarini abituriyentlarga beraversa, abituriyentlar nimani o'qishni bilmay qolishadi. Iltimos, me'yorni saqlang!

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling