Normamatova dildora
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
"-larcha"qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ravish yasovchi): mard+larcha, aybdor+larcha lug'aviy shakl yasovchi (chama son qo'shimchasi): ming+larcha askarlar bedarak yo'qldi. "-ir"qo'shimchasining omonimligi: so'z yasovchi (fe'l yasaydi): gap+ir+moq=gapirmoq lug'aviy shakl yasovchi (orttirma nisbat): bitmoq+ir=bitirmoq. Oshmoq+ir=oshirmoq "-sh"qo'shimchasining omonimligi: lug'aviy shakl yasovchi (birgalik nisbat): Atrofni bir zumda tozal+sh+di=tozalashdi. Ishchilarni qiyna+sh+masin=qiynashmasin. lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Atrofni tozala+sh+ingiz uchun nimalar kerak? Ishchilarni qiyna+sh+ning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi. (Tanish chehra, o'xshash ovoz kabilardagi "-sh" qo'shimchasi haqida boshingizni qotirib o'tirmang, bilamaaan, ayrimlar hozirdan bu masalani online guruhlarda bahs qilishadi, lekin vaqt yutqazgani qoladi, xolos) "-ish"qo'shimchasining omonimligi: lug'aviy shakl yasovchi (sifat darajasi qo'shimchasi): qizg'ish, ko'kish lug'aviy shakl yasovchi (birgalik nisbat qo'shimchasi): Yuklarni bugun olib kel+ish+moqchi. lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Yuklarni olib kel+ish+ga yordamlashing. ESLATMA:Birgalik nisbat "-sh, -ish" qo'shimchasi va harakat nomi "-sh, -ish" qo'shimchalari bir-biridan juda oddiy farqlanadi: birgalik nisbat qo'shimchasidan keyin zamon, shaxs-son, mayl va bo'lishsizlik qo'shimchalari kela oladi. Harakat nomi qo'shimchasidan keyin esa egalik va kelishiklar hamda ko'makchi (bilan, uchun, haqida...) lar qo'llanila oladi. (Misollar 👆👆👆 yuqorida) "-chak"qo'shimchasining omonimligi: lug'aviy shakl yasovchi: kelin+chak so'z yasovchi (ot yasaydi): belan+chak so'z yasovchi (sifat yasaydi): kuyun+chak "-choq"qo'shimchasining omonimligi: lug'aviy shakl yasovchi: toy+choq, qo'zi+choq so'z yasovchi (ot yasaydi): o'yinchoq so'z yasovchi (sifat yasaydi): maqtan+choq Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling