Normamatova dildora
Egalik qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ESLATMA
- 3) Boglamalarning xarakterli xususiyatilari
- ESLATMA: -man, -miz, -san, -siz
Egalik qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari:
Egalik qo'shimchalari o'zidan oldin kimning? nimaning? qayerning? kabi so'roqlarga javob bo'ladigan so'zlarni talab qiladi va bu so'zlar matnda qatnashmagan bo'lishi mumkin, lekin o'rniga tiklashimiz mumkin bo'ladi: Muallim kitobimni avaylab ochdi. (mening kitobim) --- tushundingizmi? Endi misollar keltiramiz: Birinchi shaxs birlik: mening kitob+im, mening hovli+m Birinchi shaxs ko'plik: bizning kitob+imiz, bizning hovli+miz Ikkinchi shaxs birlik: sening kundalik+ing, sening orzu+ng Ikkinchi shaxs ko'plik: sizning uy+ingiz, sizning hovli+ngiz Uchinchi shaxs birlik: uning hovli+si, uning kitob+i Uchinchi shaxs ko'plik: ularning kitoblari, uylari. ESLATMA: -m, -miz, -ng, -ngiz, -si kabilar unlidan keyin keluvchi egaliklardir, -im, -imiz, -ing, -ingiz, -i kabilar esa undoshdan keyin keladigan egaliklardir. Uchinchi shaxs ko'plik -(lar)i holati unlidan keyin ham, undoshdan keyin ham bir xil qo'llanilaveradi. 2) Kelishik qo'shimchalarining xususiyatlariga to'xtalib o'tirmaymiz, chunki juddda oddiy. Belgili va belgisiz kelishiklar haqida ismlar mavzusida gaplashamiz. 3) Bog'lamalarning xarakterli xususiyatilari: -man, -miz, -san, -siz, -dir, -dir(lar) kabilar bog'lamalar hisoblanadi va ular har doim KESIM tarkibida, ya'ni ot kesim tarkibida qo'llaniladi va o'zidan oldin ega vazifasini bajargan "MEN, BIZ, SEN, SIZ, U, ULAR, O'ZIM, O'ZING, O'ZIMIZ, O'ZINGIZ, O'ZI, O'ZLARI" kabi olmoshlarni talab qiladi(ular matnda qatnashmagan bo'lishi mumkin, Lekin o'rniga tiklash juda oddiy): Birinchi shaxs birlik: Men eng faol o'quvchi+man. Birinchi shaxs ko'plik: Biz navqiron Vatanning tayanchi+miz. Ikkinchi shaxs birlik: Sen ishonchli sirdosh+san. Ikkinchi shaxs ko'plik: Siz kelajakning bunyodkori+siz. Uchinchi shaxs birlik: U go'zallik timsoli+dir. Uchinchi shaxs ko'plik: Ular eng yaxshi quruvchi + dir(lar). ESLATMA: -man, -miz, -san, -siz shaxs-son qo'shimchalari hamda -man, -miz, -san, -siz (-dir) bog'lamalari kesim tarkibida qo'llanilishi va biiir xil egalarni talab qilishi jihatidan juda o'xshab ketadi, biroq qanday kesim tarkibida kelishiga ko'ra bir-biridan farqlanadi:-man, -miz, -san, -siz shaxs-son qo'shimchalari har doim fe'l kesim tarkibida keladi. -man, -miz, -san, -siz bog'lamalari esa har doim ot kesim tarkibida qo'llaniladi: Men shifokorman. (Bog'lama, chunki ot kesim tarkibida kelgan) Men ishonaman. (Shaxs-son, chunki fe'l kesim tarkibida kelgan) Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling