Normamatova dildora


Olmosh turkumiga oid lug'aviylar


Download 113.68 Kb.
bet23/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

4.Olmosh turkumiga oid lug'aviylar: ko'rsatish olmoshlariga qo'shilib keladigan quyidagi 👇👇👇 qo'shimchalar olmoshning lug'aviylaridir:

  • -day. O'shanday

  • -aqa. Shunaqa

  • -cha. Buncha

Tegishlilik qo'shimchasi "-niki" har qanday turkum tarkibida qo'llanilaveradi.


5.Fe'l turkumiga oid lug'aviylar: fe'lning bo'lishsizlik shaklini, nisbat va xoslangan shakllarini ifodalab keladigan quyidagi 👇👇👇 qo'shimchalar fe'lning lug'aviylaridir:

  • -ma. (bo'lishsizlik) Bormasin, olib kelmaganmiz.......

Nisbat qo`shimchalari:

  • -sh, -ish. (birgalik nisbat) tozalashsin, qaytib ketishmoqchi....

  • -n, -in, -l, -il. (o'zlik nisbat) o'ylanmang, yashirining, qiynalmasin, davraga qo'shiling.....

  • -n, -in, -l, -il. (majhul nisbat) ishlangan edi, olib kelingan, sabzavotlar to'g'ralgan edi, tadbir to'xtatilsin.....

  • -t, -tir, -dir, -ir, -iz, -ar, -sat, -gaz, -qaz, -qiz, -giz, -g'iz.... (orttirma nisbat) ishlatmoq, uyaltirmoq, yozdirmoq, pishirmoq, tomizmoq, qaytarmoq, ko'rsatmoq, yurgazmoq, yutqazmoq, yotqizmoq....

  • Aniq nisbatning qo'shimchasi mavjud emas.

Endi fe'lning xoslangan shakllari qo'shimchalarini yozamiz:



  • sof fe'lning qo'shimchasi mavjud emas.

  • -sh, -ish, -moq(-mak), -v, -uv, (-maslik) kabilar HARAKAT NOMI qo'shimchalaridir: qatnov, eshittiruv, tozalashni, olib kelishimga, yig'lamoq, bajarmaslik....

  • -gan, -yotgan, -ayotgan, -ydigan, -adigan, -r, -ar, -mas kabilar SIFATDOSH qo'shimchalaridir: gullagan daraxt, isbotlanayotgan g'oyalar, o'qiyotgan bola, tayyorlaydigan xujjatlaringiz, boradigan manzilim, aytar so'zim, kuylar qo'shig'im.

  • -b, -ib, -y, -a, -gancha, -gach, -guncha, -gani, -may, -masdan kabilar RAVISHDOSH shakllaridir: xo'rsinib, yig'lab, o'qiy-o'qiy, qiynala-qiynala, qichqirgancha, eshitgach, kelguncha, davolagani, yig'lamay, qo'rqmasdan......

(Yangidan tayyorlanayotganlar, sizlardan iltimos, sal e'tiborli bo'linglar, har jumlaning boshida bitta qo'shimcha berilyapti, to'g'rimi? Shu qo'shimcha uchun berilgan misolning tarkibidan o'sha qo'shimchani ajratib berishim shart emasdir-a? Masalan: # -il. (majhul nisbat) topshiriqlar bajar + "-il" + sin. deyishga ehtiyoj yo'qmi?)


IZOH: "chayqamoq, qorimoq, ezg'ilamoq" kabilar tarkibidagi -qa, -i, -g'ila kabilar ham lug'aviylardir.
Yuqoridagilarni hech kim bir o'qish bilan o'zlashtirib ololmaydi, qayta-qayta o'qib o'zlashtirib olishingiz kerak, chunki endigi darslarimizning negizida ushbu qo'shimchalar turadi, qaysidir qo'shimcha haqida gap borayotgan bo'lsa, shuni darrov ko'z oldingizga keltira olishingiz kerak. Agar shunday bo'lmasangiz, quyidagicha ikki holat yuzaga keladi:
1) "Ustooooz, men hech narsaga tushunmeppaaan", - deysiz.
2) Menga aytmasdan ichingizda "Shu Mirzabek domla rosssa tushunarsiz dars o'tadi-ya?" - deysiz.
Aslida, asl aybdor o'zingizsiz, bitta-bitta yodlab chiqing.



Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling