Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
Dars metodi: Aqliy hujum, an’anaviy ma’ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
Dars mazmuni: Ijtimoiy himoya ijtimoiy ish shakli sifatida. Aholini ijtimoiy muhofazalash tizimida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, yoshlar siyosati, militsiya va boshqa idoralardagi ijtimoiy ish, avvalo maqsadlari, vazifalari, vositalari, shakllari bilan belgilanadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Tibbiyot va ta’lim tizimida tashkil qilinadigan ijtimoiy ish xususiyatlari, ayniqsa, qiziqdir. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy ta’minot va sug‘urta tizimi orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan asosiy normalar va huquqlar mavjud. Mana shu huquq va normalar bazasida ijtimoiy qonunchilik rivojlangan. 1991-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun imkoniyatlari cheklangan kishilarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash milliy modeli shakllanishini boshlab berdi. O‘zbekistonda bola, alohida ehtiyojlarga muhtoj shaxslar huquqlari va erkinliklari sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shildi va ularga muvofiq o‘z siyosatini olib bormoqda. O‘zbekistonda inson kamoloti bilan bog‘liq ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi muhim maqsadli ijtimoiy dasturlar amalga oshirilmoqda: oilani mustahkamlash; sog‘lom avlodni tarbiyalash; sog‘liqni saqlashni isloh qilish; ayollarning oila va jamiyatdagi maqomi va rolini oshirish; nogironlarga, kam ta’minlangan oilalarga va bolali oilalarga aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturlari shular jumlasidandir. Respublikada ijtimoiy ta’lim muassasalarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda, ularda imkoniyati cheklangan bolalar tahsil oladi. Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga mehr-muruvvat ko‘rsatish va ularni maqsadli qo‘llab-quvvatlash mamlakat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Bundan tashqari, dasturiy xususiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar mavjud, mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning oilani, ayollarni, bolalar, keksalar, nogironlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan barcha Farmonlarini ular qatoriga kiritish mumkin. Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan kishilarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etildi. O‘zbekiston yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tishi sharoitlarida aholining katta qismi murakkab ijtimoiy holatga tushib qoldi. Bu holat mamlakatda bozor munosabatlariga o‘tishning har bir bosqichi o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi rivojlanishiga ko‘maklashdi. Jumladan, agar bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki bosqichida davlat butun aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘lidan borgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda esa haqiqatdan ham muhtoj bo‘lgan oilalarga yordam ko‘rsatishga urg‘u berilmoqda. Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya qilish mexanizmi ishlab chiqildi, qat’iy tabaqalashtirilgan yondashuv uning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi1. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi ijtimoiy institut sifatida tabora rivojlanib bormoqda. Ijtimoiy himoya odamlar ijtimoiy xatti-harakatining barqaror shakllarini belgilovchi tamoyillar, ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy muassasa va tashkilotlar majmui bilan tavsiflanadi. Uning shakllanishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan jamiyatdagi mavjud ijtimoiy jarayon va hodisalar mazmunga, yo‘nalishiga, shakllari va metodlarini belgilovchi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy-psixologik omillarga bog‘liqdir. Qaysi yilga qanday nom berishdan qat’iy nazar – bu oila yoki ayollar masalasi bo‘ladimi, sog‘lom avlod tarbiyasi, mahallalarimizni obod qilish yoki qariyalarni qadrlash bo‘ladimi, onalik va bolalikni muhofaza etish yoki jamiyatimizda mehr-muruvvat, insonparvarlik ruhini kuchaytirish bo‘ladimi – bularning barchasini birlashtiradigan umumiy bir mezon bor. U ham bo‘lsa, inson, uning hayoti, orzu-niyatlari dardu tashvishlarini davlat e’tibori markaziga qo‘yib, odamlarning og‘irini yengil qilishga qaratilgan intilishlari misolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘tgan davr mobaynida ma’lum bir nom berilgan har qaysi yil o‘zida mujassam etgan ma’no-mazmuni, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, dolzarbligi va ahamiyati bilan hayotimizda mavjud bo‘lgan muammolarni yechishda bir yillik muddat bilan chegaralanib qolmasligini ta’kidladi. Shularning barchasini, eng avvalo, xalqimizning kayfiyat va ehtiyojini, orzu va intilishlarini hisobga olgan holda, mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan – 2014-yil ”Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. Qisqa qilib aytganda, davlat budjetimizning ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umumiy xarajatlari 2006-yilda 51 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2007-yilda 54,1 foizni tashkil etadi. Kam ta’minlangan, yosh bolali oilalarga ijtimoiy nafaqalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar miqdori esa 2007-yil budjetida 7 foizni tashkil etdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining Respublikamizning birinchi Prezidenti tomonidan ko‘rsatib berilgan “O‘zbek modeli”ning 5 ta asosiy tamoyillari: iqtisodiyotda siyosatning ustuvorligi; qonun ustuvorligi; davlatning olib borilayotgan islohotlarda tashabbuskorligi; aholining kuchli ijtimoiy himoyasi; islohotlarning bosqichma-bosqichliligi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling