Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Gerantologiya ishtimoiy ish sohasi sifatida
Download 1.31 Mb.
|
Gerantologiya ishtimoiy ish sohasi sifatida.
Qariyalarga g‘amxo‘rlik qilishning markaziy tamoyili sifatida quyidagilar qabul qilingan: qariyalarning jamoatchilik hayotida to‘la ishtirok etishlari, ular haqida jamoachilik va davlat muassasalarining g‘amxo‘rligi, ehtiyojlarini qondirish va hayoti davomida to‘plagan bilim, tajribalarini ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy sharoitlar yaratishni ijtimoiy siyosatga to‘g‘ri keladigan va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uyg‘unlashtirishdir. Keksa fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy siyosatining maqsadi keksa insonlarning turmush darajasi va hayot sifatini qat’iy ko‘tarishdir. Bunda ijtimoiy adolat, birdamlikka tayanish, aholining barcha demografik guruhlarining ehtiyojlarini hisobga olish, moliyaviy va boshqa resurslardan oqilona foydalanish zarur. Keksa avlodga nisbatan davlat ijtimoiy siyosati hayot ilgari surayotgan muammolarning muhimligini amaliy baholab, davlatning moliyaviy va boshqa resurslarini hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarga asoslanadi: – barcha keksa avlod fuqarolarining tengligi tamoyili – murakkab vaziyatlarda himoya va yordamga, ijtimoiy kelib chiqishi, holati, millati, turar-joyi, siyosiy va diniy qarashlari, iqtisodiy ahvolidan qat’iy nazar o‘zining hayoti va faoliyati bilan bog‘liq masalalarda bir qarorga kelishga teng huquqli bo‘lishi, ijtimoiy-mehnat sohasi va jamoatchilik faoliyatida o‘zini namoyon etish uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi; – davlatning javobgarligi tamoyili – jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslashgani holda keksa avlodni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish; – ijtimoiy samaradorlik tamoyili – qariyalarning turmush tarzini yaxshilash, ijtimoiy ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqeini yuqori darajada tutish, ijtimoiy aloqalarini yaxshilash, mustahkamlash, ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan choralarning yo‘naltirilganligi; – keksa avlod fuqarolariga bo‘lgan munosabatda siyosatning yaxlitligi tamoyili – qariyalarni ijtimoiy himoyalashga bo‘lgan qarashlarning umumiyligi, boshqaruvning barcha darajalarida qariyalarning birinchi darajali muammolarini hal etish uchun mablag‘larni jamlash; – ijtimoiy hamkorlik tamoyili – keksa yoshdagi aholining turmush tarzini ko‘tarish, ijtimoiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda davlat, jamoatchilik va qariyalarning bir-biri bilan aloqada bo‘lishlari, qariyalarga yordam ko‘rsatayotgan oila, jamoatchilik uyushmalari, diniy, xayriya muassasalari, tashkilotlari bilan doimiy hamkorlik qilish. Bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida aholining keksayishi jarayoni avj olmoqda. Bu jarayonining rivojlanishi, aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining oshishi, bu toifa fuqarolarning davlat va jamiyatning alohida e’tiboriga muhtojligi, ularning turli xil tibbiy-ijtimoiy xizmat turlariga ehtiyojining ortib borishi bilan tavsiflanadi. Aholining keksayishi jarayoni va uning intensivligi qariyalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning rivojiga, bu borada qo‘llanib kelinayotgan uslub va mexanizmlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Asosan qariyalar surunkali kasalliklarga chalinishi, kasalliklar kechishi bilan vujudga keluvchi asoratlar tufayli muntazam tibbiy xizmatga, reabilitatsiya texnik vositalari – nogiron aravachalari, xodunoklar, hassa va qo‘ltiq-tayoqlarga, ko‘rish va eshitish qobiliyatining yoshga doir pasayishi hamda tish-jag‘ a’zolarining sekin-asta ishdan chiqishi tufayli optik ko‘zoynaklar, eshitish moslamalari va sun’iy jag‘ga muhtoj bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligi kundalik ehtiyojlarini birovlarning yordamisiz qondira olmasligi tufayli moddiy yordamga, o‘zgalarning parvarishiga, qolaversa, hamdardga muhtojdirlar. Yaqin kelajakda keksalarning ehtiyojlarini hisobga olib, ularning ijtimoiy himoyasiga doir quyidagi masalalarni bosqichma-bosqich yechish lozim: – qariyalarga manzilli yordam va keng qamrovli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish; – keksalarning sog‘lig‘ini yaxshilovchi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ta’minlovchi mavjud institusional tuzilmalarni qayta tashkil etish. Ma’lumki, keksa yoshdagi kishilarning sog‘lig‘i va kasallanish xususiyatlari boshqa yosh guruhlaridan jiddiy farq qiladi. Yosh o‘sgan sari surunkali kasalliklarning soni oshib boradi va ularning sababini aniqlash ancha qiyin bo‘ladi. Keksa kishilar nafaqat surunkali kasalliklar bilan, balki kelib chiqishiga ko‘ra har xil patologik 2-5 xil kasalliklar bilan kasallanadi. Shuning uchun, keksa yoshdagi kishilarga tibbiy yordamning maxsus shakli – geriatrik yordam ko‘rsatiladi. Bunday yordam majmuali, ya’ni tibbiy-ijtimoiy ahamiyatga ega yordam hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tibbiyotda keksa bemorlarni davolash bo‘yicha ilmiy kuzatishlar va amaliy tajribalar olib borilmoqda. Keksa yoshdagilarga tibbiy yordam ko‘rsatishning asosini quyidagi tamoyillar tashkil qiladi: – geriatrik yordam davolash-profilaktika choralari umumiy tizimining tarkibiy qismi hisoblanishi lozim; – tibbiy yordam keksalarga maksimal darajada yaqinlashgan bo‘lishi shart. Buning uchun tibbiy-ijtimoiy muassasalar va hududiy poliklinikalar qoshida geriatrik markazlar va maslahat geriatrik markazlari tashkil qilish, ularga geriatrik bemorlarni qabul qilish vaqtlarini kiritish lozim; – uchastka terapevti geriatrik bemorlarni boshqarish jarayonida asosiy o‘rinni tutishi zarur. Chunki u bunday mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘ladi va davolashning choralarini ishlab chiqadi, muassasa va mutaxassisga yo‘llanma beradi. Keksa yoshdagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda geriatrik markazlarning o‘rni katta. Yosh o‘sishi bilan keksa kishining umumiy zaifligi va harakatchanligining cheklanganligi ularga uy sharoitida tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni taqozo etadi. Keksa bemorlarga uy sharoitida tibbiy yordam quyidagi masalalar: shaxsiy gigiena to‘g‘risida maslahat, to‘g‘ri ovqatlanish, davolash badan tarbiyasining harakatlantiruvchi rejimi bo‘yicha tavsiyalar berish lozim. Gerontolog mutaxassislarning ta’kidlashicha, uy sharoitida keksa bemorlarga faol xizmat ko‘rsatish shifoxona koyka fondini tejashning ichki zahirasi hisoblanadi. Geriatrik xizmat ko‘rsatishning muhim bir shakli – bu kunduzgi geriatrik shifoxonalar hisoblanadi. Bunday shifoxonalarda geriatrik bemorlarga kunduzi tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Bemor shifoxonaga ehtiyojiga qarab har kuni yoki belgilangan kunlari kelib ko‘rinadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kunduzgi geriatrik shifoxonalarda bemorlarni boqishga ketadigan harajatlar miqdori odatdagi shifoxonalarga qaraganda 53 foiz kam bo‘ladi. Bugungi kunda dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida tibbiy-ijtimoiy ta’minot xizmatining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tibbiy-ijtimoiy markazlar tashkil qilingan. Ularning asosiy vazifasi keksa yoshdagi kishilar va nogironlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish, keksalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini mustahkamlash, ishlab chiqarish va ijtimoiy faolligini oshirish, ijtimoiy-huquqiy, kasbiy-gigienik masalalar bo‘yicha maslahatlar tashkil qilishdir. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy markazlar o‘z faoliyatida sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, bandlikka ko‘maklashish, kommunal, maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo, umumiy ovqatlanish, madaniyat va boshqa tashkilot, muassasalari bilan aloqa o‘rnatadi. Keksalar va nogironlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda davolash-sog‘lomlashtirish majmuasining yangi shakli salomatlik zonalari katta ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifasi keksa yoshdagi aholini va nogironlarni sog‘lomlashtirish, sog‘lig‘ini tiklash va hayotining faollik davrini uzaytirishdir. “Salomatlik zona”sining asosiy omillari iqlim bilan davolash, badan tarbiyasi, mehnat terapiyasi, fizik va boshqa davolash usullaridir. “Salomatlik zona”sini nafaqat sog‘lomlashtirish ishlarining quylay shakli, balki keksa kishilar bo‘sh vaqtini tashkil qilishning asosiy shakli sifatida ham baholash mumkin. Bunday joylarda keksalarning bo‘sh vaqtlarini jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari, mehnat terapiyasining qat’iy o‘rnatilgan rejimi to‘ldiradi, shuningdek, badan tarbiya mashqlari maxsus tuzilgan, fiziologik asoslangan dastur bo‘yicha o‘tkaziladi. Keksa bemorlar va nogironlarni davolash tizimida tiklash terapiyasi reabilitatsiya alohida o‘rin egallaydi. Bunda choralar majmuasi kasallanish davrida nogironlikning oldini olish va nogironlarga jismoniy, ruhiy, kasbiy mukammallikka erishishga yordamlashishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Keksa yoshdagi kishilarni reabilitatsiya qilish katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Sababi, sog‘liqni tiklash muolajasiga ehtiyoj yosh o‘sgan sari oshadi. Reabilitatsiya jarayonida keksa kishilarga xizmat ko‘rsatish tibbiy va ijtimoiy choralarni muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Shuning uchun reabilitatsiya bo‘limi yoki markazlari umumiy tipdagi shifoxonalar, geriatrik markazlar qoshida tashkil qilinadi. Ularda davolash statsionar yoki ambulatoriya sharoitida o‘tkaziladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling