Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet57/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94
Ijtimoiy reabilitatsiya – kasallik yoki jarohatlar asoratlaridan nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarni faol ijtimoiy munosabatlarga jalb qilish, ularning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash choralari.
Ijtimoiy himoya chora-tadbirlari:

  • pensiya ta’minoti;

  • imtiyoz va kafolatlar;

  • bepul protez-ortopediya mahsulotlari;

  • bepul reabilitatsiya texnik vositalari (nogiron aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qo‘ltiq-tayoqlar);

  • bepul sanator sog‘lomlashtirish;

  • ijtimoiy xizmat ko‘rsatish:

  • o‘z uyida – 30 ming yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlar;

  • tibbiy-ijtimoiy muassasalar – “Sahovat” va “Muruvvat” uylarida qariyb 8 ming nafar keksalar va nogironlar.

Mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot va uning huquqiy tizimlari barpo etilishi shartli ravishda bir necha bosqichlarga bo‘linadi:
Birinchi bosqich1991-yil 31-avgustdan 1992-yil 8- dekabrgacha.
Bu davrda ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish sohasidagi davlat organlari, ular kundalik faoliyatining huquqiy asoslari shakllantirilish davri.
Ikkinchi bosqich – 1992-yil 8-dekabrdan 1994-yil o‘rtalari.
Bu davrda yangi konstitutsiyaviy asoslarga tayanilgan holda davlat va huquq tizimlarini qaytadan shakllantirila boshlanganligi, pensiya ta’minoti sohasida milliy qonunning qabul qilinishi hamda zaif aholi qatlamlari ijtimoiy himoyasini asta-sekin kuchaytirila boshlanganligi.
Uchinchi bosqich – 1994-yilning ikkinchi yarmidan 2001-yilgacha bo‘lgan davr.
Bu davrda ijtimoiy ta’minot sohasidagi qonunchilik tizimlari asosan barpo etib bo‘lindi, aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy himoyalash tizimlari va mexanizmlari yaratildi.
To‘rtinchi bosqich – 2001-yildan to hozirgi kungacha.
Bu davrda aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003–yillarga mo‘ljallangan hukumat dasturining qabul qilinishi va ro‘yobga chiqarilishiga qaratilgan qonun hujjatlarining qabul qilinishi, ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar doirasining kengaytirilishi hamda moddiy yordam miqdorining ko‘paytirila borilishi kabilar ushbu bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari sanaladi.
Yangi vazifalarning paydo bo‘lishi, ichki imkoniyatlardan foydalangan holda eskini yangilashda, ayniqsa, odamlarning o‘zi hayotiy vaziyatlarni mustaqil hal etish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ish faoliyatining professional shakllari, metodlari, texnologiyalarini unumli va samarali amalga tadbiq etgan holda, davr talablarga muvofiq ravishda qo‘llash lozimligini ko‘rsatmoqda. Yuzaga kelgan muammolarni samarali hal etish uchun xizmatlar, resuslarni taqdim etuvchi tizimlar bilan odamlar aloqasini taminlash, muammolarini hal etishning samarali va insonparvar yo‘llaridan biri ekanligini alohida e’tirof etmoq lozim. Bu esa o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

  1. Ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlari singari, ijtimoiy ish faoliyatning professional va noprofessional turlarining uyg‘unlashib ketishi bilan ahamiyatlidir. Ya’ni bu yerda professional mutaxassislar bilan birgalikda ko‘ngillilarining katta guruhi mehnat qiladi, ularning ko‘pchiligi oliy va o‘rta ma’lumotga ega, faqat boshqa ixtisoslik bo‘yicha yoki ijtimoiy xodimlarini tayorlov kurslarini tamomlaganlar. Bu sohada ijtimoiy ishning yutug‘i ko‘p jihatdan barcha xodimlarning ijtimoiy ish nazariyasi va texnologiyasi boshqa fanlar sohasidagi bilimlar tizimini, egallaganliklar, ularni amaliyotda qo‘llash mahorati va ko‘nikmasiga ega ekanliklariga, zamonaviy texnologiyani o‘zlashtira olishlariga bog‘liqdir;

  2. Barcha strukturaviy darajalar ijtimoiy ish - mikro - mezo – makrodarajalarda namoyon bo‘ladigan texnologikligi va ko‘p rejaligi bilan farq qiladi. Ijtimoiy muammolarning o‘sishi va ijtimoiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ta’sir samarasi hal qiluvchi darajada mijozga ta’sir etish usullari, metodlari, yo‘llari majmuisidan to‘g‘ri foydalana olish mahorati bilan belgilanadi. Ijtimoiy soha xodimi uning ijtimoiy vaziyatining o‘zgarishiga erishib, psixologik korrektsiyani o‘tkazadi, ijtimoiy - maishiy, tibbiy - ijtimoiy yordam ko‘rsatadi, yuridik yoki ijtimoiy - psixologik maslahat beradi va hokazo xizmatlarni amalga oshiradi.

Mikrodarajada hayotiy vaziyat ijtimoiy muhitning bevosita ta’sirida vujudga keladi. Ijtimoiy ish xodimi kishilar bilan individual ishlash metodlarni yaxshi egallagan holda mijozini ijtimoiy himoyalay oladi. Mezodarajada mijoz sotsium ichida boshqa kishilar va kichik guruhlar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi (oila, jamoa, tengdoshlari guruhi). Bu holda ijtimoiy soha xodimi guruh bilan ishlash metodlari va texnologiyalarini yaxshi bilishi kerak bo‘ladi. Makrodarajada yirik korxonalar, tizimlar va guruhlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu holda u bir o‘zi hal etishi qiyin bo‘lgan yirik ijtimoiy muammolar bilan to‘qnash kelishi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy ish xodimi muammoni hal etishning qulay yo‘llarini topishga yordam berishi kerak bo‘ladi.
Har bir sohaning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda ijtimoiy xodimlar mijozga faqat muammoni hal eta olish mahoratigina emas, balki qiyin vaziyatni yengishning yangi ko‘nikma va malakasini ham shakllantira olmog‘i lozim. Bu yerda ijtimoiy ishning muhim xususiyati bir vaqtning o‘zida makro – mezo - mikrodarajalarda vaziyatni qayta o‘zgartirish faoliyatini amalga oshirish qobiliyatini namoyon qiladi. Ya’ni individual darajada muammolarni hal etish individual muammolar doirasidan chetga chiqish o‘z navbatida joriy va kelgusidagi muammolarni hal etishni yengillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Faqat shundagina insonga yordam berishdagi faoliyat samarali bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ish boshqa sohalardagiga nisbatan faolroq va ko‘p subyektli hamda ko‘p qirrali faoliyat sifatida rivojlanib bormoqda. Bu esa aholi ijtimoiy muammolarining ko‘payishi va uning hayot darajasining pasayishini, ijtimoiy himoyasizligini jamiyatning turli qatlamlari va guruhlari o‘rtasida ijtimoiy faollikni va reaksiya ijtimoiy tashabbusning paydo bo‘lishini yanada kuchaytirishga yordam berishi mumkin.
Ijtimoiy tashabbuslar subyektlari bo‘lib, mamlakatda vujudga kelayotgan uchinchi sektorni ifoda etuvchi turli ijtimoiy institutlar, ijtimoiy uyushmalar va xayriya tashkilotlarini hisoblanadi.
Hayot tajribasi ko‘rsatadiki, kishilar ko‘pincha shunday muammolarga duch keladiki, bu muammoni nafaqat o‘zlari, balki ularning oilalari va oila a’zolari, do‘stlari, qarindosh-urug‘lari ham hal qila olishmaydi. Buning uchun yordamga muhtoj kishilarga maxsus professiyaga ega bo‘lgan ijtimoiy ishchi zarur bo‘ladi1.
Ijtimoiy ish ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning muhim vazifalarini amalga oshiradi:
a) ijtimoiy yordam ko‘rsatish:
- ijtimoiy yordamga juda muhtoj kishilarni aniqlash va ro‘yxatga olish, ularga moddiy (moliyaiy, natural yordam berish; vaqtincha boshpana berish va boshqalar;
- muhtojlarga o‘z faravonligini mustaqil ta’minlashi, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun sharoit yaratish, bu qashshoqlik profilaktikasi bo‘ladi;
- chetdan parvarishga muhtoj bo‘lgan oilalar va yolg‘izlarga uyda xizmat ko‘rsatish (oziq-ovqat, dori-darmon yetkazish, davolash muassasalariga transportirovka qilish, uyda sog‘lig‘iga qarash va boshqalar);
- xalq ta’limi organlari bilan hamkorlikda bolani vaziyat taqazosi bilan vaqtincha oiladan boshqa joyga, keyinchalik bog‘chaga joylashtirish, vasiylikka olish, farzandlika olishni tashkil etish;
b) maslahat berish:
- mutaxasisslar maslahati (konsul’tatsiyasi) (yurist, sotsiolog, pedagog, shifokor, psixolog va boshqalar);
- kasb tanlashda, yoshlarni kasbga tayyorlashda ishtirok etish;
- yigit-qizlarni nikohga va ongli tarzda ota-onalikka tayyorlash;
- ota-onalarga tibbiy - psixologik umumiy majburiy ta’lim berish;
v) ijtimoiy korrektirovkalash va reabilitatsiya:
- davlat xulq-atvorli, qarovsiz bolalar, ota-onalar yoki qarindoshlar qarovsiz qolgan o‘smirlarni ijtimoiy, tibbiy-pisixologik reabilitatsiyalash;
- imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar, ularning oilalarini tibbiy-ijtimoiy - reabilitatsiyasi va reabilitatsiyasi;
g) aholini axborot bilan taminlash, ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish va oldindan aytish, bular doirasidan uchta nisbiy mustaqil yo‘nalishlar ajratiladi:
- hayotning murakkab vaziyatini yechish uchun zarur bo‘lgan axborotni mijozga yetkazish;
- aholi o‘rtasida tibbiy-pisixologik, pedagogik va boshqa bilimlarni yoyish;
- ijtimoiy ish mutaxassislari, maxsus tuzilgan muassasalar, ilmiy tashkilot tomonidan o‘z mijozlari ehtiyojlarini va regionda keskin ziddiyat, tug‘diruvchi ijtimoiy muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etishning konkret usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
d) tabiiy ofatlar va ijtimoiy ziddiyatlarini bartaraf etish bo‘yicha favqulodda choralarni bajarishda ishtirok etish;
- favqulodda dasturlarni ishlab chiqishda ijtimoiy xizmatlar mutaxassislarining ishtirok etishi;
- respublikalararo, respublika, regional (hududiy) daraja ijtimoiy xodimlar mrakaziy birigadalarida aholisi ijtimoiy ziddiyatga tortilgan tabiiy ofat hududiga zarur bo‘lgan professional, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatish uchun yetib keluvchi qutqaruv xizmatlarini tashkil etish.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling