Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj turli ijtimoiy qatlamlar bilan ishlay olish
Download 1.31 Mb.
|
Ijtimoiy himoyaga muhtoj turli ijtimoiy qatlamlar bilan ishlay olish.
Ijtimoiy himoya deganda yoshi, jinsi, millati, mansabidan qat’iy nazar, respublika fuqarolarining to‘laqonli hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati tushuniladi. Ijtimoiy himoya choralariga fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti, ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlari kiradi. Ijtimoiy ta’minot – alohida olingan fuqaro, fuqarolar toifasiga boshqalar qatori teng imkoniyatlar berish orqali to‘laqonli hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan va Davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuiga aytiladi. Ijtimoiy ta’minot choralariga fuqarolarning pensiya ta’minoti, bepul protez-ortopediya mahsulotlari, reabilitatsiya texnik vositalari – nogiron aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qo‘ltiq-tayoqlar bilan ta’minlash, bepul sanator sog‘lomlashtirish choralari, turli xil imtiyoz va kafolatlarni yetkazish, fuqarolarga ko‘rsatiladigan bepul tibbiy xizmat, bepul ta’lim olish kabi choralar kiradi. Ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash – muayyan vaqtda obyektiv qiyin sharoitga tushib qolgan fuqarolar, oilalarga shu qiyin sharoitdan chiqib ketish uchun Davlat tomonidan vaqtinchalik ko‘rsatiladigan yordam chora-tadbirlari kiradi (kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, voyaga yetmagan farzandlari bor muhtoj oilalarga nafaqalar va hokazolar). Ijtimoiy himoyaning muhim tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimidagi ijtimoiy ish o‘z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy ish ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida ishlovchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirriladi. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning kompleks markazlari, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari, oila va bolalarga yordam ko‘rsatishning hududiy markazlari, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarga yordam berish markazi, voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsion markazlar, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning statsionar muassasalari (qariyalar va nogironlar uchun uy-internatlar) psixonevrologik internetlar), gerontologik markazlar va boshqa muassasalar muhtojlarga turli xizmatlarni ko‘rsatadilar. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan bolalar avvalo jamiyatning a’zolaridir. Ularga shunday munosabatda bo‘lish, jamiyat ularni unutmaganini va alohida e’tibor berayotganini bildirib qo‘yish, uni ta’kidlash o‘rtadagi muloqotni samimiylashtirishi kuzatilgan. Shuning uchun ular bilan muloqotda shunday vaziyat bo‘lishi kerakki, suhbatdoshlarda ulardan boshqa muhim ishi yo‘qligini bildirish zarur. Mabodo, murakkab masalalarni ko‘rib chiqishga asta-sekin kirishish tamoyiliga erishib bo‘lmasa, muzokaralar ikkinchi darajali masalalarda o‘ralashib qolishi, asosiy mavzular bo‘yicha esa tomonlar umumiy kelishuvga erisha olmasliklari mumkin. Bunday holatda erishilgan bitimlarni qayd etish va ular asosida muhokama qilinishi lozim bo‘lgan navbatdagi masalalarni belgilash lozim. Muzokaralar muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz o‘tganidan qat’iy nazar, ularning natijalarini batafsil tahlil qilish zarur. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling