Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Deviant xulq-atvorning asosiy funksiyalari


Download 1.31 Mb.
bet75/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
Deviant xulq-atvorning asosiy funksiyalari.

Ijtimoiy ish xodimlari o‘z mijoziga kerakli bo‘lgan usul va vositalarini taklif qiladiki, bu vositalar ijobiy o‘zgarishlarini olib kelsin. Albatta, o‘smir bilan ijtimoiy ish xodimi hamkorlikda faoliyat olib borishi uchun oradagi munosabat halollikka, javobgarlikka, mas’uliyatlilikka, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, hurmat qilishga asoslangan bo‘lishi lozim.


Ikkinchi turdagi deviantlik qonunlarda rasman ko‘zda tutlmagan noformal sotsial me’yorlarni buzish bo‘lib, u norasmiy deviantlik deb ataladi. Masalan, jamoat joylarida burnini kovlash, qattiq tovushda o‘qchish va kekirish, begonalarga besabab keskin tarzda yaqin turishga harakat qilish (to‘g‘ri ayrim madaniyatlarda)ni misol tariqasida ilgari surish mumkin. 1
Ma’lumki, zamonaviy G‘arb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko‘p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo‘lish turi jinoyatchilik bo‘lib, ijtimoiy me’yorning buzilishi sifatida ushbu hodisa fanda juda qadimdan o‘rganilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, pozitivistik maktab shakllanishi bilan, jinoyatchilikni ham sababiylikda o‘rganuvchi ta’limotlar paydo bo‘la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr Ch.Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug‘ma bo‘lishadi” degan xulosaga keladi. Uning shogirdi E.Ferri jinoyatchilik sotsiologiyasi asarida ushbu omilga qo‘shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko‘rsatadi. Keyinchalik ushbu ta’limotlar turli tanqidlarga uchragan bo‘lsa-da, hozirgi kungacha ham G‘arb sotsiologiyasining ba’zi namoyondalari ushbu ta’limotning u yoki bu yo‘nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning ta’limotlariga ko‘ra ichki sekretsiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug‘ma yoki biologik omillarni shakllanishiga ta’sir qiladi.
Ushbu ta’limotlarga qarama-qarshi o‘laroq, sotsiologiyada ijtimoiy me’yor buzish jarayonlarini to‘la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta’limot E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasi edi. Bunga ko‘ra eski me’yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o‘rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat’iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.
R.Feris, Tiriak’yan, T.Shibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor sotsial buzilishilar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta’limotiga ko‘ra, sotsial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari me’yor buzuvchi xulq-atvordir.
Amerika sotsiologiyasida E.Saterlendning differensial, katta o‘rin tutuvchi ta’limotlaridan biri aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan, me’yor buzuvchi xulq-atvor ham o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me’yorlari boshqalarga o‘rgatiladi.
Fenomenologik sotsiologiya namoyondalarining e’tirof etishlaricha, sotsiologik tahlil “yorliq yopishtirishga” asoslanishi kerak. Ularning fikricha, me’yor buzish sotsial baho va sanksiya qo‘llash natijasidir.
Interaksionizm nazariyasiga ko‘ra, (vakillari Bekker G, D.Kitsus, K.Erikson va boshqalar) hodisani salbiy va ijtimoiy xavfli deb baholash nisbiy bo‘lib, buni jamiyatdagi hukmron guruhlar belgilaydi. Shafqatsiz jamiyat himoyasiz insonni jinoyatchi qilib qo‘yib, ezaveradi.
Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag‘bat-libido yotadi. Barcha atrofimizdagi voqea-hodisalarni jinsiy rag‘bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti eros va o‘lim instinkti-tanatos o‘rtasidagi kurash natijasi bo‘lib, har qanday xulq-atvor, jumladan, noto‘g‘ri xulq-atvor ham, jinsiy rag‘bat va yashash uchun kurash natijasidir.
Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta’limot zamonaviy sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo‘lmish funksional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo‘lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.
Deviantlik muammosiga sotsiologik jihatdan qiziqish o‘zida formal deviatsiyani o‘lchash (jinoiy hulq-atvor statistikasi), shuningdek, jamiyatda deviantlikni vujudga kelishi va uning rolini tushuntirishga intiladigan turli xil nazariyalarni mujassamlashtiradi.1
Strukturaviy-funksional yondashuvga muvofiq, deviant xulq-atvor bir qator sabablari tufayli jamiyatda muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, deviantlik nima ma’qul keladigan, nima esa noma’qul keladigan xulq-atvorni farq qilishga yordam beradi.
Ma’lum bir ma’noda deviantlik odamlar nimani qilishlari mumkin, nimani esa qilishlari mumkin emasligini bilishlari uchun talab etiladi. Bu hodisa ma’lum bir ma’noda chegaralarni chizib beradi. Bu muhim funksiya bo‘lib, u kishilar amal qiladigan madaniy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar vositachiligida namoyon bo‘ladi.2
Jamiyat a’zolarining xulq-atvorlar shu jamiyatda qabul qilingan axloqiy va huquqiy me’yorlarga muvofiq kelishi kishilarning farovon turmushlarini tashkil etishning muhim omillaridan bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun har qanday jamiyatda insonlarning nomaqbul xulq-atvorini pasaytirishga harakat qilinib kelinadi. Chunki, bu holat ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrardir.
Sotsiologik adabiyotlarda deviant xulq-atvor (lotin tilida Deviatio – og‘ish) tushunchasi orqali quyidagi holatlarda tushiniladi:

  1. Insonning mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan me’yorlari, ya’ni “ruhiy sog‘lomlik, huquqiy, madaniy yoki axloq me’yorlari”ga mos kelmaydigan xatti-harakatlari, qilmishlari.

  2. Mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan me’yorlariga (standart va shablonlar) mos kelmaydigan tarzdagi inson xatti-harakatlarining ommaviy shaklda ifodalanishi, ijtimoiy hodisa.

Birinchi holatda deviant xulq-atvor bevosita umumiy va yoshga oid psixologiya (ruhiyatshunoslik), pedagogika va psixiatriya predmeti sifatida o‘rin tutadi. Ikkinchi holatda esa deviant xulq-atvor tushunchasi – sotsiologik va ijtimoiy psixologiya predmeti hisoblanadi.
Demak, deviantlik madaniy me’yorlar buzilishi deb tan olinayapti. Shuning uchun deviantlik juda keng ma’noda iste’mol qilinadi. Deviantlikning bir kategoriyasi bo‘lib, u jinoyat shaklida mavjud bo‘ladi. Lekin, jinoyatni o‘zi keng spektrni qamrab oladi, ya’ni yo‘l harakati qoidalarini buzishdek kichik qoidabuzarlikdan tortib, fohishalik, jinsiy zo‘rlash va hatto qotillikni ham ifodalaydi.1
Deviant xulq-atvor ko‘plab salbiy jihatlarni o‘z ichiga qamrab olishi bilan tavsiflanib, diniy nuqtai nazardan bu holatlar “yovuzlik” ko‘rinishida, tibbiyot nuqtai nazaridan “kasallik” simptomlari sifatida, huquqiy me’yorlar nuqtai nazaridan “noqonuniy” ko‘rinishda va hatto ushbu xulq-atvor shaklini “me’yoriy bo‘lmagan” ko‘rinishda baholash kuzatiladi.
Xulq-atvordagi me’yordan og‘ishlarni o‘rganish jarayoni o‘zining tarixiga egadir. Platon o‘z davrida insonlarning turli xil xulq-atvorlarini izohlashga harakat qilgan.
Rossiyalik olim YA.I.Gilinskiy tomonidan deviant xulq-atvorning madaniylashtirilgan jihati o‘rganilib, “deviant xulq-atvor” tushunchasi fanga kiritilgan va hozirgi kunda bu atama “og‘uvchi xulq-atvor” atamasi bilan bir xil ma’noda qo‘llaniladi.
Horijiy tadqiqotchilar – Dyurkgeym, Klages, Merton, Smelzer, Shibutani, Shuessler va boshqalar tomonidan deviant xulq-atvor ijtimoiy me’yorlar va kutilayotgan holatlar bilan mutanosiblik yoki nomutanosiblik asosida aniqlanishi ta’kidlanadi. O‘z navbatida, ushbu jamiyat uchun kutilgan holatni qonitirmaydigan xulq-atvor bevosita deviant sifatida baholanadi.
Deviant, ya’ni me’yordan og‘uvchi xulq-atvor insonning keng ko‘lamdagi qilmishlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Og‘ish holati va me’yorning buzilish xususiyatlaridan kelib chiqib uning uchta darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Axloq va odob me’yorlaridan sezilarsiz darajadagi og‘ishlar; xususiy deviant xulq-atvor.
2. Huquqiy me’yorlarning buzilishi, biroq bu holatda xulq-atvorning me’yoridan og‘ishi unchalik sezilarli darajada bo‘lmasdan, jinoiy javobagarlikka tortish darajasida bo‘lmagan holatda aks etadi, sotsiologiyada bu ko‘rinish delikvent (no‘maqul) xulq-atvor tushunchasi orqali ifodalanadi.
3. Huquqiy me’yorlarning jiddiy tarzda buzilishi jinoyatchilikka oid yoki kriminal xulq-atvor hisoblanadi.
Ushbu ko‘rinishda, jamiyatda omma tomonidan ma’qullanmaydigan barcha xulq-atvor me’yorlaridan og‘ish holatlari deviant xulq-atvor sifatida belgilanadi. Deviant xulq-atvorning asosiy shakllari keng ma’noda YA.I.Gilinskiy va V.S.Afanasyev tomonidan quyidagicha ko‘rsatilgan:
1. Alkogolizm va mastlik.
2. Giyovhvandlikka ruju qo‘yish.
3. Jinoyatchilik.
4. O‘z joniga qasd qilish.
5. Fohishabozlik.
6. Besaqolbozlik1.
Ayrim holatlarda deviant xulq-avtorga qimor o‘yinlari, ruhiy buzilishlar, shuningdek, jinoiy ishlar ham kiritiladi.
Deviant xulq-atvorning barcha turdagi shakllarini umumiy ko‘rinishda uchta guruhga ajratib chiqish mumkin: xususiy deviant, delikvent va kriminal (jinoiy) xulq-atvor.
Hozirgi kunda tadqiqotchilar orasida deviant xulq-atvor masalasiga qiziqishning ortishi kuzatilmoqda. Deviant xulq-atvorning ilmiy jihatdan o‘rganilishi kriminologiya, psixopatologiya, sotsiologiya, ijtimoiy ish, pedagogika sohalarida amalga oshiriladi2.
Deviant xulq-atvorni me’yorlar haqida tushunchaga ega bo‘lmasdan turib aniqlash mumkin emas. Tibbiyotda me’yor – bu butunlay sog‘lom insonni anglatadi; pedagogikada – barcha fan predmetlarini o‘zlashtirishga ulguruvchi o‘quvchini; ijtimoiy hayotda esa – jinoyatchilikning mavjud emasligini ifodalab beradi. Ushbu o‘rinda psixologik jihatdan me’yorni ko‘pchilik insonlarda mavjud bo‘lgan, bir qator xususiyatlar yig‘indisi sifatida, ya’ni xulq-atvor etaloni sifatida belgilash masalasi qiyin hisoblanadi.
Ijtimoiy me’yor quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi:
1.O‘rtacha, barqaror va massadan chiqib ketmaslik holati.
2. Atrof-muhitga ko‘proq moslashuvchanlik xususiyati.
Ijtimoiy me’yor ma’lum bir aniq jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni davomida qaror topgan choralar, chegaralar, ruxsat etilish intervali (erkin va majburiy) xulq-avtor asosidagi insonlar va ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatini ifodalab baradi. Biologik va fizik jarayonlarning tabiiy me’yorlari ijtimoiy me’yorlarlardan farq qilib, jamiyat faoliyati davomida insonlarning obyektiv xatti-harakatlari va bu holatlarning ongda adekvat va siqilgan tarzda aks etishi qonuniyatlari sifatida tarkib topadi.
Delinkvent xulq-atvor” tushunchasi huquqiy va ijtimoiy me’yorlarning yetarlicha darajada keng spektrda buzilishlarini ifodalab beradi. Delinkvent xulq-atvor huquqiy me’yorlarni buzish nuqtai nazaridan jinoyat kodeksi bo‘yicha jazoga tortilmaydigan holat bo‘lib, kichik bezorilik, magazindan oziq-ovqat mahsulotlarini kam miqdorda o‘g‘irlash, og‘ir tan jarohatlari yetkazmagan holatda janjallashish, aldash va hokazolardan tashkil topadi. Kriminalogiyada bu holat yoshlar ommasiga tegishli (o‘smirlik davrida) huquqbuzarlik sifatida tavsiflanadi, bu holat yoshlar orasida, ayniqsa, 12 yoshdan 20 yoshgacha oraliqda (ko‘proq erkak jinsida) yoshlarning qonunbuzarlik darajasi yuqoriligi va sud, ma’muriy jazolashda yuqori darajada o‘rin tutishini belgilab beradi.
BMT tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, barcha yoshlarning 30%ga yaqin qismi qandaydir qonunga xilof hisoblangan xatti-harakatlarda ishtirok etishi kuzatiladi, shuningdek, 5% qismi jiddiy tarzdagi qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yishadi1.
Jinoyatchilikni qonun qanday tasniflaydi? Odatda jinoyat jinoiy qonunbuzarlik va nojo‘ya harakatlarga bo‘linadi. Ular orasidagi farq jinoyatning jiddiyligiga qarab belgilanadi. Jinsiy zo‘rlash, qotillik kabilar o‘ta jiddiy jtnoyat hisoblanishsa, nojo‘ya harakatlar jiddiy bo‘lmagan qonunbuzardik, deb tan olingan va unga beriladigan jazo ham ancha yengil hisoblanadi. Bunda jarimalar keng o‘rin oladi. Og‘ir jinoyatchilik darajalari turli davlatlarda turlicha belgilanadi. Jazoni o‘tash maskanlarida mahbuslar ustidan texnik nazoratni keng joriy qilinishi ularning xulq-atvorini tashqi sotsial nazoratini ta’minladi.2
A.I.Kravchenko tomonidan xususiy deviant va delinkvent xulq-atvorning o‘zaro farqlanishi quyidagicha ifodalanadi: Deviant vadelikvent xulq-atvor – bu me’yoriy xulq-atvordan og‘ishning ikki shaklidir. Bunda birinchi shakl nisbatan kam ahamiyatga ega bo‘lib, ikkinchisi absolyut va sezilarlidir. Masalan, bu ko‘rinishdagi guruhlashga ko‘chada bezorilik bilan shug‘ullanuvchi o‘smirlar to‘dasi navbatdagi qilmishni amalga oshirish davomida to‘daning qandaydir bir a’zosini deviatsiya sifatida ishtirok etishdan mahrum qilishi mumkin. Bu qilmishning o‘zi militsiya va ushbu ko‘chada yashovchi aholi tomonidan deviant xhulq-atvor sifatida baholanadi. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, Kravchenko tomonidan yozilgan me’yorlarga qarshi hisoblangan va shu sababli qonun orqali ta’qib qilinuvchi barcha qilmishlar, jumladan, biz kriminal deb baholovchi xatti-harakatlar ham delikvent xulq-atvor guruhiga kiritiladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling