Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Ijtimoiy ish xodimining shaxsiy sifatlari, uning qadriyatli yo‘nalishlari
Download 1.31 Mb.
|
Ijtimoiy ish xodimining shaxsiy sifatlari, uning qadriyatli yo‘nalishlari.
Kasbiy bilimlar bilan bir qatorda ijtimoiy ish xodimi shaxsiy insoniy fazilatlarga, barqaror xarakterga, muloqotchanlik qobiliyati va qator ma’naviy-axloqiy xususiyatlarga ham ega bo‘lishi lozim. Chunki birgina yuqorida keltirilgan ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. U muayyan kasbiy-axloqiy me’yorlarga rioya qilishi, shaxsiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Ijtimoiy ish xodimi samarali faoliyat yurita olishi, o‘z majburiyati doirasidagi vazifalarni hal qilishi uchun ijtimoiy ish xodimi eng avvalo, bilim va tajribaga; tarbiyalanuvchilar, ma’muriyat va pedagog-tarbiyachilar orasida o‘z avtoritetiga; o‘z mavqe’i (huquqlari)ga, tashkilotchilik, boshqaruvchilik, so‘zomollik, muloqotchanlik, irodalilik, ma’suliyatlilik, tashabbuskorlik, hamfikrlilik, shahsiy maftunkorlik kabi shaxsiy va kasbiy fazilatlarga ham ega bo‘lishi lozim. Qiyin hayotiy vaziyatdagi mijoz bilan kasbiy amaliy ijtimoiy yordam ko‘rsatilgunga qadar ijtimoiy ish xodimi o‘z e’tiborliligi, hamdardligi, o‘zgalar fikri va dardini sabr-toqatlilik bilan tinglay olishi, zarur va tegishli maslahatlarni berishni bilishi lozim. Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy ish xodimi qaysi ijtimoiy maqomga ega bo‘lgan, yoki boshqa so‘z bilan aytganda “ijtimoiy vaziyatda bo‘lgan” insonga ijtimoiy yordam va ko‘makni tashkillashtirmasin, u eng avvalo insoniylik tamoyilidan kelib chiqishi zarur bo‘ladi. Shu jihatdan ijtimoiy ish xodimining intellektual, umummadaniy va axloqiy salohiyatga egaligi uning o‘z kasbini yuritishga loyiqligi mezoni sifatida xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan “Ijtimoiy ishchining professiogrammasi”da ijtimoiy ish xodimining shaxsiy-kasbiy sifatlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: Kasb chuqur umumiy va maxsus tayyorgarlik va ishlash tajribasi natijasida egallangan maxsus bilimlar va amaliy ko‘nikmalar to‘plamiga ega insonning faoliyat, mashg‘ulot turidir. Kasb rivojlanishining mantiqi shundaki, ular boshlanishda odamlarning ma’lum bir talablaridan paydo bo‘ladi. Keyin amaliy tajribani yig‘ish va uni chuqur mulohaza qilish amalga oshiriladi. Kasbiy faoliyatning nazariy bazasi shakllantiriladi. Kadrlarni tayyorlash masalasi hal qilinadi. Mutaxassisning amaliy faoliyatiga ilmiy asoslar beriladi, bu tashqaridan, kasbiy jurnallar, monografiyalar, o‘quv-uslubiy adabiyotlarning paydo bo‘lishida aks etadi; kasbiy tashkilotlar yaratiladi. XX asrda SSSRda ijtimoiy xizmatchilarning vazifalarini kommunistik partiya va kasaba uyushmasi vakillari hamda ijtimoiy sohaning turli muassasalari xizmatchilari bajarganlar. Ijtimoiy ishga kasb sifatida o‘qitish Rossiyada XX asrning 80-yillari oxirlarida boshlandi. o‘shandayoq turli muassasalarga bo‘ysunishiga bog‘liq ravishda ko‘plab ixtisoslikka ega bo‘lgan yangi integratsiyalashgan kasb-“ ijtimoiy ish“ paydo bo‘ldi. Hamkasblaringiz va boshqa mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va amaliy faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, ularga ijtimoiy ish samaradorligiga erishishlarida qo‘lingizdan kelgan yordamni bering. Hamkasblaringiz va boshqa mutaxassislarning turlicha fikrlari va amaliy yondashuvlariga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, tegishli instansiyalarda tanqidiy mulohazalaringizni to‘la mas’uliyat bilan bayon qiling. Hamkasabalaringiz, boshqa mutaxassislar va ko‘ngillilar orasida bir-birlarini o‘zaro mukammallashtirish va o‘zlarini namoyon qilish maqsadida bajarilayotgan bilimlar, ko‘nikmalar va g‘oyalarni olishga va tarqatishga bo‘lgan harakatlarga ko‘maklashing. Mijozlar manfaatlari yoki axloq normalari buzilishi to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotlarni tegishli idoralarga yetkazing. Hamkasblaringizni adolatsiz xurujlardan himoya qiling. Kasbga munosabat. Kasbning qadrini, bilimlar va metodologiyasini himoya qiling; ularni ommalashtirish va takomillashtirishga o‘z hissangizni qo‘shing. Ijtimoiy ishdagi professionalizmni ko‘taring, uni har tomonlama takomillashtirishga harakat qiling. Kasbingizni o‘rinsiz tanqiddan himoya qiling, kasbingiz zarur ekani to‘g‘risidagi ishonchni mustahkamlash uchun imkoni bor ishlarning barchasini qiling. Kasbingizni, uning nazariyalari, usullari va amaliyotini konstruktiv tanqid qiling. Yangi va mavjud bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun kerakli ijtimoiy ishning yangicha yondashuvlari va usullarini ishlab chiqishni har tomonlama rag‘batlantiring. Ijtimoiy xizmatchining majburiyatlari: va’zxonlik qilmaslik, buyruq bermaslik, ta’qiqlamaslik. Mijoz shaxsining sha’ni va unikalligini hurmat qilib uni harakatga, tashabbusga, ijodga undash; mijozga quloq tuta bilish, sabr-toqat ko‘rsatish, muammo va vaziyatni tushunish, uning o‘rniga o‘zini qo‘ya bilish, nazokat va odob ko‘rsata bilish; muloqotmand bo‘lish, ochiq bo‘lish, mijozni “gapirtira bilish”, birgalikda muammolarning yechimini aniqlash; atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bo‘lish; mijoz va uning atrofidagilar o‘rtasida vosita, bog‘lovchi xalqa bo‘lish, mijozga ko‘rsatilayotgan xayriya yordami orqali uning sha’ni pastga urilishiga yo‘l qo‘ymaslik; mijoz bilan ishlashda norasmiy bo‘la bilish, mijozning o‘z muammolarini hal qilishda maslahatchi, ko‘makchi vazifasini bajarish; o‘zaro munosabatlarni tenglik asosidagi dialogga qurish; doimo insonparvarlik va mehribonlik nuqtai nazaridan yondashish. Mijozni muhokama qilmaslik va unga tanbeh bermaslik; shaxs yoki odamlar guruhiga g‘ayriinsoniy va diskriminatsion yondashuvlarning oldini olish; mijozni jismoniy yoki ruhiy o‘ng‘aysizlikdan, asabiylashishdan, xavfdan va haqoratlardan himoya qilish; o‘z xulq-atvorining yuksak axloqiy andozalarga mosligini saqlash, har qanday makrlar, birovlarni aldash, nopok xatti-harakatlarni istisno qilish. Doimo faqatgina mijoz manfaatlari yo‘lida harakat qilish; o‘ziga ko‘makchilarni topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlantirishda jamoatchilik ko‘magini ta’minlash; faqatgina o‘zi vakolatli bo‘lgan doirada ish yuritish, o‘z ishining sifati uchun shaxsan mas’ul bo‘lish; tashqi ta’sir va bosimlarga berilmaslik; mijozni qo‘llanilayotgan tadbirlar, unga ko‘rsatilayotgan yordam harakteri, yozuvlar, to‘planayotgan ma’lumotlar haqida xabardor qilish; o‘zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yo‘lida foydalanmaslik; vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan ishtirok etish; mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni fosh etmaslik. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish. Bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg‘alar olmaslik; kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish. o‘z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish; kasbning obro‘si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish. Kasbiy o‘zaro munosabatlar va o‘zaro ta’sir jarayonida hamkasblar ishonchiga hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, hamkasbi axloqqa zid harakat qilsa, unga qarshi choralar ko‘rish (V. G. Bocharova). Malaka tavsifi bilan belilangan majburiyatlarni bajarish uchun ijtimoiy pedagog va ijtimoiy soha xizmatchisi o‘zining quyidagi huquqlaridan keng foydalanadi: mijozlarning manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati organlarida ifodalash va himoyalash; maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi va litsenziyaga mos bo‘lgan diplom yoki sertifikat bo‘lgani taqdirda davlat yoki xususiy ijtimoiy amaliyotni yuritish; mijozlar ehtiyojlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, aholi orasida sotsiologik so‘rovlar, diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish; mijozlarning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini hal qilish to‘g‘risidagi rasmiy so‘rovlar va iltimoslari bilan jamoat tashkilotlariga, davlat muassasalariga murojaat qilish; o‘z faoliyati doirasidagi u yoki bu muammoning holati to‘g‘risida davlat idoralariga axborot berish; ijtimoiy tashabbus va faollik ko‘rsatganlari uchun ota-onalar, oilalar, ijtimoiy ish volontyorlarini taqdirlash to‘g‘risida korxonalar va muassasalar, tijorat tuzilmalari va jamoat birlashmalariga takliflar kiritish; oiladagi tarbiya, ijtimoiy ishdagi tajribani ommaviy axborot vositalari yordamida targ‘ib qilish uchun faol ish yuritish; muayyan ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilgan jamoat tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika muammolarining ko‘lami katta va o‘zida hayotiy vaziyatlarning juda ko‘p qirralarini va turli yoshdagi va ijtimoiy holatdagi odamlarning kolliziyalarini mujassamlashtiradi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling