Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida
-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalar
Download 73.67 Kb.
|
норматив хужжат карор
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
39-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalar
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 181-moddasi. “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi”, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir. “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi”, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir. 40-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi Normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomili murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 181-moddasi. LexUZ sharhi Qonun loyihalarini kuchga kirish to‘g‘risidagi moddalarida “kuchga kirish” tushunchasi qo‘llaniladi. Agarda muayyan qonun kuchga kirishining alohida tartibini o‘rnatish zarur bo‘lsa, qonun loyihalariga hujjatning kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi modda kiritiladi. LexUZ sharhi Umuman, qonun mantiqiy tuzilishi, hujjatning tuzilmaviy shakli quyidagilardan iborat bo‘ladi: hujjatning nomlanishi, qonunni qabul qilgan organ nomi, qonunning nomlanishi, qonun matnining asosiy elementlari, ya’ni muqaddima, qism, bo‘lim, bob, modda, modda bandi, modda qismi, qonunning kuchga kirish vaqti, tegishli mansabdor shaxsning imzosi. Download 73.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling