Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida
-modda. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
Download 73.67 Kb.
|
норматив хужжат карор
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-modda. Huquqiy eksperiment
33-modda. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
Normativ-huquqiy hujjat ko‘rib chiqilganidan so‘ng normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan qabul qilinadi. Qoidalari qonunda aks etgan qonunosti hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Zarur bo‘lganda u boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin. Davlat tilidagi normativ-huquqiy hujjat matni bilan uning boshqa tildagi matni o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatning davlat tilidagi matni qo‘llaniladi. 34-modda. Huquqiy eksperiment Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjat samaradorligini, uning vaqtincha amal qilishini muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklagan holda o‘rganish huquqiy eksperimentdir. Huquqiy eksperiment tugaganidan keyin: huquqiy eksperiment tartibida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash amaliyoti, huquqiy eksperimentning ijobiy va salbiy oqibatlari, bunday hujjatning qo‘llanilishiga ta’sir o‘tkazgan ijtimoiy hamda boshqa omillar, huquqiy eksperiment o‘tkazilishi munosabati bilan qilingan xarajatlar va olingan daromadlar tahlil qilinadi; normativ-huquqiy hujjat uning amal qilishi vaqt bo‘yicha, muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklanmagan holda qabul qilinganidan keyin yuzaga keladigan ijobiy va salbiy oqibatlarning, xarajatlar va daromadlarning huquqiy eksperiment jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy natijalar haqidagi ma’lumotlar bilan asoslantirilgan prognozi amalga oshiriladi. Huquqiy eksperiment natijalariga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjatni uning amal qilishini vaqt bo‘yicha, muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklanmagan holda qabul qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi yoki huquqiy eksperiment natijalarini inobatga olgan holda qonunchilikni takomillashtirishga yoxud normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishga doir boshqa choralar ko‘riladi. Download 73.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling