Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida


-modda. Normativ-huquqiy hujjatning shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi


Download 73.67 Kb.
bet22/39
Sana09.02.2023
Hajmi73.67 Kb.
#1180061
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
норматив хужжат карор

44-modda. Normativ-huquqiy hujjatning shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirganda chet el yuridik shaxslariga, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tatbiq etiladi.
45-modda. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish
Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning bir qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomning 18-bandiga hamda “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) 121-bandiga muvofiq nizoli masalalar kelib chiqqanda, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi holatlar aniqlanganda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini to‘xtatib turishga haqlidir.
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi quyidagi hollarda o‘zining amal qilishini tugatadi:
normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi qaysi muddat yoki hodisa yuz berishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha muddat tugaganida yoki hodisa yuz berganida;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas yoxud haqiqiy emas deb topilganda;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi bekor qilinganda.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan bekor qilinadi. Shuningdek, hokimlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘xtatiladi va bekor qilinadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 35-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunining 42 va 43-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish hamda ularni bekor qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Kengashi hokimning va quyi Kengashning O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qiladi. Shuningdek, aytib o‘tilgan Qonunning 25-moddasiga asosan, hokim quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda holat joriy etilgan hududda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar buyruqlari va qarorlarining, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining amal qilishini ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoniga zid bo‘lgan taqdirda, favqulodda holatning amal qilish muddatida to‘xtatib turishga haqli.
(45-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi O‘RQ-756-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)

Download 73.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling