Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida


-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish


Download 73.67 Kb.
bet24/39
Sana09.02.2023
Hajmi73.67 Kb.
#1180061
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
норматив хужжат карор

47-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish
Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish normativ-huquqiy hujjat matnidan moneliksiz foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan har qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
7-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etish va ta’minlash
48-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etuvchi va ta’minlovchi organlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, ularning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi.
49-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
normativ-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etishga doir vakolatlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish uchun zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini, idoralarni hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi;
normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 73.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling