Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari


Download 73.67 Kb.
bet26/39
Sana09.02.2023
Hajmi73.67 Kb.
#1180061
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
норматив хужжат карор

52-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda:
normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar ko‘radi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
tegishli davlat organlari va tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi;
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonunchilikning qo‘llanilish amaliyotini o‘rganadi va zarur bo‘lganda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
53-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi PQ-4505-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar va boshqa tashkilotlar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyoti monitoringini hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining tahlilini amalga oshiradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda bo‘shliqlar, yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan ziddiyatlar, shuningdek ichki ziddiyatlar yoxud boshqa xatolar aniqlangan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ ularni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘radi.
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq jamoatchilik monitoringi va nazoratini amalga oshiradilar.

Download 73.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling