Normirzayev Adham Taqdimoti
Слайд 2 с анализом проекта
Download 1.14 Mb.
|
Normirzayev Adham (1) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Слайд 3 с анализом проекта
Слайд 2 с анализом проектаАнализ проекта Ijtimoiy himoya tizimi Ijtimoiy qo’llab quvvatlash ijtimoiy nafaqalar Subsidiya va kafolatlar Ijtimoiy ta`minot Ijtimoiy sug’urta Ijtimoiy yordam Ijtimoiy himoya tizimining tuzilishi keng bo’lib, quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi. Слайд 3 с анализом проектаIjtimoiy himoya АНАЛИЗ РЫНКА ТЕХНИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФИНАНСОВЫЙ АНАЛИЗ ЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЭКОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ Ijtimoiy himoya — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan iborat.
Mustaqillikdan oldin og‘ir vaziyatda davlatimiz rahbari Islom Karimovning qat’iy sa’y-harakatlari bilan 1989 yilning avgust oyida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari hamda uy-joy qurilishini rivojlantirish to‘g‘risida hujjat qabul qilindi. Unga ko‘ra, 1989-1990 yillarda 1,5 million oilaning tomorqa xo‘jaligi kengaytirildi, 700 ming oilaga yer uchastkalari berildi. Bu chora-tadbirlar o‘sha paytda keskin tus olgan ijtimoiy vaziyatni yumshatish imkonini yaratdi. O’zbekiston istiqlolning dastlabki yillaridanoq “shok terapiyasi”dan voz kechib, islohotlar siyosatini amalga oshirdi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi va kuchli ijtimoiy siyosat qaror topdi. Jumladan, ijtimoiy sohaga davlat hamda jamiyat e’tiborini kuchaytirish, manzilli ijtimoiy himoyani kafolatlash mexanizmi shakllantirildi. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi qonunchilik asoslari mustahkamlandi. Bundan tashqari, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar amaliyotga yo‘naltirildi. Ijtimoiy himoya Davlatimiz qomusi bo’lgan Konstitutsiyaning 41-moddasida “Har kim bepul ta’lim olishhuquqiga ega” deb belgilab qo’yilgan. Mustaqillikdan oldin hatto eng og‘ir damlarda ham yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratildi. 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun mustaqil respublikamizning ilk qonunlaridan biridir. Amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning amaliy ifodasini sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishu yangilanishlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, o‘tgan yili respublikamizda 141 tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash uchun qariyb 500 milliard so‘m sarflandi. Qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish hamda zamonaviy diagnoz va davolash uskunalari bilan jihozlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bu boradagi sa’y-harakatlar natijasida aholi o‘rtasida turli xastaliklar bilan kasallanish darajasi keskin kamayishiga erishildi. O’zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga yetdi.. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling