Normirzayev Adham Taqdimoti


Слайд 3 с анализом проекта


Download 1.14 Mb.
bet3/6
Sana19.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1033752
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Normirzayev Adham (1) (2)

Ijtimoiy himoya

Слайд 3 с анализом проекта


Ijtimoiy himoya
АНАЛИЗ РЫНКА
ТЕХНИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
ФИНАНСОВЫЙ АНАЛИЗ
ЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
ЭКОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2022 yilda “Taraqqiyot strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.”Taraqqiyot strategiyasi” 2022-2026 yillar oralig’ida mamlakat rivojlanishining 7 ustuvor yo’nalishi asosida 100 ta maqsadni o’z oldiga qo’ygan. Bundagi ustuvor yo’nalishlar oldingilariga nisbatan yaxshiroq natija erishishni maqsad qilingan. Birgini ta’lim to`g`risidagi 41-maqsad: Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq taʼlimi tizimida qoʻshimcha 1,2 million oʻquvchi oʻrni yaratish. Yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni koʻpaytirish, taʼlim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi milliy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish. Oʻquv oʻrinlari sonini 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazish. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish orqali ularning ulushini 2026-yilda 8 foizga, shu jumladan 2022-yilda 3 foizga oshirish. 2022 — 2026-yillarda 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabini rivojlantirish boʻyicha dasturni amalga oshirish. Yoshlarni sanʼat dunyosiga oshno etish, kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlari uchun zarur jihozlar bilan taʼminlangan 100 mingdan ortiq bepul toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Chekka hududlarda maktab hamda maktabgacha taʼlim muassasalarigacha transport qatnovini yoʻlga qoʻyish kabi asosiy ustuvor loyihal belgilandi.
“Taraqqiyot strategiyasi”

Слайд 3 с анализом проекта


Ijtimoiy himoya
АНАЛИЗ РЫНКА
ТЕХНИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
ФИНАНСОВЫЙ АНАЛИЗ
ЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
ЭКОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo`llagan murojaatnomasida kambag’allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi. “Kambag’allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg’otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to`liq ro`yobga chiqarish, yangi ish o`rinlari yaratish bo`yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir», deb ta’kidlangan edi murojaatda. Iqtisodiyot qonunlariga asosan, «kambag’allik kambag’allikni keltirib chiqaradi». Mazkur jarayon bir necha sabablarga ko`ra sodir bo`ladi. Birinchidan, daromadlari past mamlakatlar sifatli ta’lim va sog’liqni saqlash uchun etarlicha pul sarflay olishmaydi, kambag’al aholi esa sifatli pullik ta’lim va tibbiyot xizmatlarga qurbi etmasligi sababli inson salohiyati pasayib, kambag’allikdan qochib qutula olmaydilar. Ikkinchidan, kambag’al aholining daromadlari pasayib borgan sari, iste’mol bozorining sig’imi mutanosib ravishda kichrayib boradi va buning natijasida sanoat mollari, qishloq xo`jaligimahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga bo`lgan talab pasayib boradi. Bu esa, o`z navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga to`sqinlik qiladi, byudjet daromadlarini kamaytiradi va kambag’allarni ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlash imkoniyatini kamaytirib yopiq tsiklik jarayon ko`rinishiga keladi. O`zbekistonda kambag’allikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43, 9 foizga, o`rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79, 7 foizga yoki 2016 yildagi 1293, 8 ming so`mdan 2019 yilda 2324, 5 ming so`mga oshdi.
Kambag’allik

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling