Norova surayyo abduhakimovnaning
Download 80.9 Kb. Pdf ko'rish
|
informatika-konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Darsni mustahkamlash. Mashqlar bajarish.
2-Misol. 8-sinflarning 5 ta fandan o’zlashtirishini taqqoslang. Sinflar ro'yxati O'quvchilar soni 8-A sinf 30 8-B sinf 34 8-D sinf 31 8-E sinf 28 3-misol. 8-sinflarning 5 ta fandan o’zlashtirishini taqqoslang. Sinflar Fanlar 8-a 8-b 8-d 8-e matematika 76 87 72 70 fizika 81 83 79 67 kimyo 79 85 84 80 informatika 74 78 72 66 ingliz tili 89 92 90 83 4-misol. Maktabning 5-9 sinflari tomonidan to’plangan makulatura miqdori taqoslansin. Makulatura yig'ish Sinflar Og'irligi 5-sinf 560 6-sinf 150 7-sinf 200 8-sinf 400 9-sinf 390 Maktab bo'yicha 1710 Nuqtali diagrammalarni (grafiklarni) bitta qiymatni o’zgarishini tasvirlash uchun ishlatish qulay.Boshqacha aytganda, siz bilgan matematika yoki fizikadagi funksiyalarning bitta argumentga bog’liqligini ko’rsatish qulay. 5-misol. Tok kuchining zanjir qarshiligiga (formulasi:I=U/R) bog’liqligini U=60 volt bo’lganda ifodalang. R I 1 60 2 30 3 20 4 15 5 12 6 10 7 8,6 Diagrammalar unga mos jadval bilan bog’langan bo’lib, jadvaldagi biror ma’lumotning o’zgarishi avtomatik ravishda diagrammada aks etadi, ya’ni diagrammaning ko’rinishi o’zgaradi. Diagrammalarni hosil qilish uchun Diagrammalar ustasidan foydalaniladi. Diagrammalar ustasiga murojaat 2 xil usul bilan amalga oshiriladi: 1. Uskunalar panelidan “diagramma” piktogrammasini tanlash orqali; 2. Joylashtirish menyusining “diagramma” bo’limini tanlash orqali. Diagramma tuzish uchun kerakli tushunchalarni bilish lozim. Toifalar – diagrammada aks ettirilayotgan (ustun yoki satrdagi) ma’lumotlar nomlari. Qiymatlar – ma’lumotlarning sonly miqdori. Qiymatlar marker – bitta katakchaning qiymatini ifodalaydigan diagrammaning turli shakldagi soha, nuqta, segment yoki boshqacha ko’rinishdagi elementi. Bir xil rangdagi qiymatlar marker ma’lumotlar qatorini tashkil qiladi. Ko’lam (Diapazon) – diagrammada aks etishi kerak bo’lgan ma’lumotlar joylashgan satr, ustun yoki bloklar. O’q (Ocь) – tanlangan birliklarda koordinatalar sistemasi o’qini ifodalaydigan va diagramma tuzish sohasini chegaralab turuvchi chiziq.Doiraviy va halqali diagrammalarda o’qlar bo’lmaydi. Qiymatlar shkalasi – o’qlar bo’laklarining son qiymatini ifodalaydigan qiymatlar.Qiymatlar shkalasi diagrammada aks ettirilayotgan ma’lumotlarning eng kichik va eng katta qiymatlaridan kelib chiqadi. OX toifalar o’qi – diagrammadagi toifalarga mos nomlar aks etadi. OY qiymatlar o’qi – diagrammadagi ma’lumotlarning sonly miqdoriga mos shkala.Agar hajmli diagramma qo’llansa, OY ma’lumotlar qatori o’qi – diagrammadagi ma’lumotlarning qatorini, OZ esa qiymatlar o’qini aks etadi. Afsona – diagrammadagi ma’lumotlarning rangiga moslangan izoh. Sarlavhalar – diagramma nomi, toifalar, qatorlar va qiymatlar o’qlari nomi yoki izohlari. IV.Darsni mustahkamlash. Mashqlar bajarish. 1. x ning [-5;5] oraliqdagi butun qiymatlarida y=3x funksiyasining qiymatlarini va nuqtali grafigini hosil qiling. 2. O’zingiz va 2 ta sinfdoshingizning informatika fanidan shu chorakda olgan ballaringiz o’rtachasini taqqoslash diagrammasini hosil qiling. V.Dars yakunlarini chiqarish. 1) O’quvchilarda paydo bo’lgan savollarga javob berish. 2) O’quvchilarni baholash. VI.Uyga vazifa.Test tuzish ( 10 ta va undan ortiq). Download 80.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling