Norova surayyo abduhakimovnaning


Download 80.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi80.9 Kb.
#1630219
1   2   3   4
Bog'liq
informatika-konspekt

 
2-Misol. 8-sinflarning 5 ta fandan o’zlashtirishini taqqoslang. 
Sinflar 
ro'yxati 
O'quvchilar 
soni 
8-A sinf 
30 
8-B sinf 
34 
8-D sinf 
31 
8-E sinf 
28 
3-misol. 8-sinflarning 5 ta fandan o’zlashtirishini taqqoslang. 
Sinflar 
Fanlar 
8-a 8-b 8-d 8-e 
matematika 
76 
87 
72 
70 
fizika 
81 
83 
79 
67 
kimyo 
79 
85 
84 
80 
informatika 
74 
78 
72 
66 
ingliz tili 
89 
92 
90 
83 
4-misol. Maktabning 5-9 sinflari tomonidan to’plangan makulatura miqdori taqoslansin. 
Makulatura yig'ish 
Sinflar 
Og'irligi 
5-sinf 
560 
6-sinf 
150 
7-sinf 
200 
8-sinf 
400 
9-sinf 
390 
Maktab bo'yicha 
1710 


Nuqtali diagrammalarni (grafiklarni) bitta qiymatni o’zgarishini tasvirlash uchun 
ishlatish qulay.Boshqacha aytganda, siz bilgan matematika yoki fizikadagi 
funksiyalarning bitta argumentga bog’liqligini ko’rsatish qulay. 
5-misol. Tok kuchining zanjir qarshiligiga (formulasi:I=U/R) bog’liqligini U=60 volt 
bo’lganda ifodalang. 



60 

30 

20 

15 

12 

10 

8,6 
Diagrammalar unga mos jadval bilan bog’langan bo’lib, jadvaldagi biror ma’lumotning 
o’zgarishi avtomatik ravishda diagrammada aks etadi, ya’ni diagrammaning ko’rinishi 
o’zgaradi.
Diagrammalarni hosil qilish uchun Diagrammalar ustasidan foydalaniladi. 
Diagrammalar ustasiga murojaat 2 xil usul bilan amalga oshiriladi: 
1. Uskunalar panelidan “diagramma” piktogrammasini tanlash orqali
2. Joylashtirish menyusining “diagramma” bo’limini tanlash orqali. 
Diagramma tuzish uchun kerakli tushunchalarni bilish lozim. 

Toifalar – diagrammada aks ettirilayotgan (ustun yoki satrdagi) ma’lumotlar 
nomlari.

Qiymatlar – ma’lumotlarning sonly miqdori. 

Qiymatlar marker – bitta katakchaning qiymatini ifodalaydigan 
diagrammaning turli shakldagi soha, nuqta, segment yoki boshqacha 
ko’rinishdagi elementi. Bir xil rangdagi qiymatlar marker ma’lumotlar qatorini 
tashkil qiladi. 

Ko’lam (Diapazon) – diagrammada aks etishi kerak bo’lgan ma’lumotlar 
joylashgan satr, ustun yoki bloklar. 

O’q (Ocь) – tanlangan birliklarda koordinatalar sistemasi o’qini ifodalaydigan 
va diagramma tuzish sohasini chegaralab turuvchi chiziq.Doiraviy va halqali 
diagrammalarda o’qlar bo’lmaydi.



Qiymatlar shkalasi – o’qlar bo’laklarining son qiymatini ifodalaydigan
qiymatlar.Qiymatlar shkalasi diagrammada aks ettirilayotgan ma’lumotlarning 
eng kichik va eng katta qiymatlaridan kelib chiqadi. 

OX toifalar o’qi – diagrammadagi toifalarga mos nomlar aks etadi. 

OY qiymatlar o’qi – diagrammadagi ma’lumotlarning sonly miqdoriga mos 
shkala.Agar hajmli diagramma qo’llansa, OY ma’lumotlar qatori o’qi – 
diagrammadagi ma’lumotlarning qatorini, OZ esa qiymatlar o’qini aks etadi. 

Afsona – diagrammadagi ma’lumotlarning rangiga moslangan izoh. 

Sarlavhalar – diagramma nomi, toifalar, qatorlar va qiymatlar o’qlari nomi 
yoki izohlari. 
IV.Darsni mustahkamlash. 
Mashqlar bajarish. 
1. x ning [-5;5] oraliqdagi butun qiymatlarida y=3x funksiyasining qiymatlarini 
va nuqtali grafigini hosil qiling. 
2. O’zingiz va 2 ta sinfdoshingizning informatika fanidan shu chorakda olgan 
ballaringiz o’rtachasini taqqoslash diagrammasini hosil qiling. 
 
V.Dars yakunlarini chiqarish. 
1) O’quvchilarda paydo bo’lgan savollarga javob berish. 
2) O’quvchilarni baholash. 
 
VI.Uyga vazifa.Test tuzish ( 10 ta va undan ortiq).

Download 80.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling