«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet298/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

319 


beradi:
davlatning geografik o‗rni, tabiiy resurslari, sanoat salohiyati, qurolli
kuchlarning miqdor va sifat ko‗rsatkichlari, inson resurslari, milliy xususiyat
milliy ma‘naviyati, diplomatiya sifati, davlat boshqaruvi darajasi.
Shunday qilib, geosiyosiy yo‗nalishlar – bu geosiyosiy makonni tashkil 
etuvchi jarayonlarning elementlaridir. Geosiyosiy makon (siyosiy makon)
deyilganda, davlat yoki davlatlar ittifoqi tomonidan nazorat qilib turiladigan 
makon tushuniladi.
Tarixiy jarayonlar ko‗plab nazariyalar asosida geosiyosiy xususiyatga ega. 
―Geosiyosat asoslari‖ fanining nazariy asoslari sifatida nazariyotchi olimlar
mehnati kattadir. Bu klassik geosiyosat mohiyatining asosini ham ularning 
yaratgan nazariyalari va fikrlari, qarashlari tashkil etadi.
Nemis tashkilotchilik maktabi vakili Fridrix Rattsel (1844-1904) birinchi 
bo‗lib dunyoga geosiyosiy qarashning asosiy yo‗nalishlarini ishlab chiqdi. Uning
qarashlari biologiyaga qiziqishidan kelib chiqqan va darvinizm hamda 
evolutsionizmga asoslangan edi. Biologiyada shunday tushuncha bor – ―Yashash
uchun kurash‖, olim bu tushunchani xalqlarga, davlatlarga nisbatan qo‗llagan. 
F.Rattsel davlatni asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritgan:
mamlakat hududining kattaligi, geografik o‗rni, chegaralari, o‗simlik dunyosi, 
boshqa hududlarga bo‗lgan munosabati. Rattsel ―Davlatning o‗sish qonuni‖ nomli
asarida quyidagi qonuniyatlarni ishlab chiqdi. 
1.

Davlat makoni madaniyat rivojlangan sari kengayib boradi. 


2.
Davlat siyosati g‗oyalar, savdo, diniy targ‗ibotlarning rivojlanishi bilan bir 


paytda amalga oshadi.


3.

Davlatning taraqqiyoti va kengayishi kichik davlatlarni qo‗shib olish va


bosib olish hisobiga amalga oshadi. 
4.

Davlat chegarasi uning o‗sishini ta‘minlashi qudrati yoki zaif tomonlari 


o‗zgarishining asosiy sababchisi bo‗lishi mumkin.








Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling