IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
317
umumiy negizini ajratish mumkin. Ilgari geosiyosiy tashxisning ―mustaqil
o‗zgaruvchilari‖ qatoriga asosan, geografik holat, mineral xomashyoli va boshqa
tabiiy resurslar mavjudligi va chegaralanganligi, mamlakat chegarasining
xususiyatlari (relyefi, gidrografik tarmog‗i, hayotiy muhim markazlar chegarasidan
uzoqligi va h.k.) kabi milliy parametrlar kirar edi. Bu omillar ahamiyati o‗zgardi,
lekin ular to‗laligicha o‗z rolini yo‗qotishmadi. Geosiyosat fan sifatida o‗zining
asosiy e‘tiborini tabiiy muhit omillarini siyosat tomonidan faol ko‗lam
imkoniyatlarini va unga mamlakatning iqtisodiy, harbiy va ekologik xavfsizligi
doirasidagi ta‘sirini o‗rganishga va ochishga yo‗naltiradi. Amaliy geosiyosat
doirasiga mamlakatning hududiy muammolari, uning chegaralari, resurslardan,
inson resurslarini ham hisobga olgan holda regional foydalanish va taqsimlash
bilan bog‗liq bo‗lgan barcha masalalar kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda geosiyosatni, geografik muhitni
shakllantiruvchi (joylashuv xarakterini, relyef, iqlim, landshaft, foydali qazilmalar,
ekologiya, demografiya, ijtimoiy stratifikatsiya, harbiy qudrat) siyosiy bo‗lmagan
omillar tizimi bilan siyosatni ta‘sir etuvchi qonuniyatlarini o‗rganuvchi bilimlar
tarmog‗i sifatida aniqlash mumkin. Geosiyosat an‘anaviy tarzda fundamental va
amaliy bilimlarga bo‗linadi; bunda oxirgisi, ba‘zan geostrategiya deb
nomlanuvchisi, yuqorida sanab o‗tilgan omillarni qamrab oluvchi optimal siyosiy
yechimlarni qabul qilish sharoitlarini ko‗rib chiqadi.
Bunda geosiyosiy omillarni o‗rganish va baholash muhim ahamiyatga ega.
Geosiyosiy omillarga quyidagilar kiradi:
- geografik (geografik o‗rni, tabiiy resurslari);
- siyosiy (siyosiy tuzumi, davlat chegaralari, jamiyatning ijtimoiy tarkibi,
asosiy erkinliklarning mavjudligi);
- iqtisodiy (ishlab chiqarish kuchlarining quvvati va tarkibi, aholining
turmush darajasi, strategik zaxiralar va safarbarlik quvvatlari);
Do'stlaringiz bilan baham: |