«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 1.44 Mb.
bet304/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

Nazorat savollari va topshiriqlar: 
1. Klassik geosiyosatning mohiyatini va asosini nima tashkil etadi? 
2. Geosiyosiy qarashning asosiy yo‗nalishlarini birinchi bo‗lib kim ishlab
chiqqan? 
3. ―Antropogeografiya‖ nomli asar kim tomonidan yozgan?
4. Har qanday hududiy o‗zgarishlar hayotiy o‗yin sistemasiga to‗g‗ri keladi: 
tug‗iladi, o‗sadi, rivojlanadi va o‗ladi. Bu qaysi olimning qarashlari?
5. Davlatning asosiy xususiyatlariga qanday xususiyatlar kiradi? 
6. ―Davlatning o‗sish qonuni‖ asarini kim yozgan?
7. Ratselning nazariya va g‗oyalarida qanday izlanishlar jamlangan? 
8. ―Davlat inson kabi sezuvchan, fikrlovchan mavjudotdir‖, degan fikr kim
tomonidan bildirilgan? 
9. K.Xousxofer geosiyosiy qarashlarining asosini qanday fikr-mulohazalar
tashkil etadi? 
19-BOB. INSONIYATNING GLOBAL MUAMMOLARI 
Reja:

19.1. Global muammolar tasnifi. Tinchlik va qurolsizlanish muammosi.


19.2. Rivojlangan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi. 
19.3. Ekologik muammo.
19.4. Demografik muammo. 
19.5. Energetik muammo.
19.6. Xomashyo muammosi. 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

326 
19.7. Oziq-ovqat muammosi va boshqalar. 

Insoniyat XXI asrga qadam qo‗yar ekan, uning oldida juda murakkab 


muammolar vujudga keldi, ularning asosiy qismi ta‘sir doirasining miqyosi va
ahamiyatiga ko‗ra global muammolar nomini oldi. Qanday muammolarni global 
muammo deb hisoblash mumkin? Mazkur savolga mutaxassislar tomonidan ellikka
yaqin muammolar ro‗yxatga kiritilgan, biroq shundan o‗nga yaqini bilan ko‗pchilik 
yaxshi tanish.
Butun insoniyatni qamrab olgan insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga 
xavf soluvchi, yechimini topishga barcha davlatlar va xalqlarning birgalikda
harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb ataladi.
Global muammolar – aholi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va atrof-muhit
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar jamiki insoniyatga, 
barcha mamlakatlar, xalqlarga ta‘sir ko‗rsatadi; ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda
katta talafotlar, inqirozlar keltirib chiqaradi, jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga 
ham xavf soladi; yechimini toppishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni,
barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab etuvchi 
muammolardir.
Ular quyidagilardan iborat: tinchlik va qurolsizlanish muammosi; 
rivojlanmagan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi; ekologik
muammo; demografik muammo; energetik muammo; xomashyo muammosi; oziq-
ovqat muammosi; dunyo okeanidan foydalanish muammosi; koinotdan tinch
maqsadlarda foydalanish muammosi. 
Urush va tinchlik muammosi XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshida
insoniyatning eng muhim muammosi bo‗lib kelmoqda. O‗tgan asrda bo‗lib o‗tgan 
jahon urushlari tufayli 100 mln.dan ortiq aholi hayotdan ko‗z yumdi, 1980-90-
yillarda dunyo siyosiy kartasida bo‗lib o‗tgan o‗zgarishlar ham insonlar kelajagiga 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling