«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet307/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

329 
Dunyo mamlakatlarida ro‗y berayotgan ko‗plab tabiiy ofatlar (suv toshqinlari, 

zilzilalar, o‗rmonlarga o‗t ketish hollari, cho‗llashuv jarayoni, ozon tuynuklarining


kengayib borishi) oqibatida turli yuqumli va yuqumli bo‗lmagan kasalliklar ortib 
bormoqda. Masalan, Yava orollari hududida so‗nggi o‗n-o‗n besh yil davomida
aholi orasida teri raki bilan kasallanish hollari keskin ko‗payib borgan. Buning 
asosiy sababi – mazkur hududda tinimsiz raketalarning uchirilishi oqibatida uning
ozon qatlamida yoriqlarning kengayib borishi quyoshdan keladigan turli xil 
nurlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri yer yuziga kirib kelishiga sharoit yaratmoqda. Natijada,
kishilarning terilari zararlanib, ular orasida rak kasalligining nihoyatda ortib 
borishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, harbiy sohada atom qurollarini sinash ishlari
olib boriladigan hududlar, qaysiki ko‗pgina orol mamlakatlari aholisi orasida esa 
nurlanishning yuqoriligi qayd etilmoqda


So‗nggi yillarda jahon mamlakatlarining ko‗pchiligida tog‗-kon sanoatining


tez sur‘atlarda rivojlanib borishi ham mazkur hududlar ekologik holatiga o‗z 
ta‘sirini ko‗rsatmoqda. Jumladan, Yevropa davlatlari hududida joylashgan Rur,
Galle Leypsig, Elzas va Lotaringiya havzalarida, respublikamizning Angren-
Olmaliq sanoat rayoni hamda Navoiy shahri atrofida qazilma ishlarining olib
borilishi oqibatida atrof-muhit sezilarli tarzda ifloslangan. 
Dunyo okeaniga tashlanayotgan neft mahsulotlari, sanoat-maishiy chiqindilar,
oqova suvlar, radiaktiv va turli zaharli kimyoviy moddalar hajmi yil sayin 
ortmoqda. Okeanlardan neft qazib olish natijasida yiliga 100 minglab tonna neft
okean suviga tarqalmoqda. Qishloq xo‗jaligida turli pestitsidlarning ishlatilishi 
tirik organizmlarni nobud qilib, aholi orasida turli kasalliklarni keltirib
chiqarmoqda. Yilida 130 ming tonnadan ortiq har xil pestisidlar atmosfera orqali 
yoyilmoqda.

Jumladan, Qozog‗iston Respublikasining Semipalatinsk, Rossiyaning Chelyabinsk, Ukrainaning Chernobil 

shaharlari atrofida vujudga kelgan noxush ekologik vaziyat bunga misol bo‗la oladi.








Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling