«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet309/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

331 
Xullas, atrof-muhitning buzilish darajasining ortib borayotganligi tabiatdagi 

barcha mavjudotlar, jumladan inson salomatligiga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.


Shu sababli tabiatni muhofaza qilish ishlari keyingi paytlarda yanada ommaviy tus 
olmoqda. Hatto, ayrim mamlakatlarda davlat tomonidan ekologik siyosat
yuritilayotganligi ham sir emas. Shuningdek, bu borada qator qonunlar (


tabiatni 

muhofaza qilish haqidagi birinchi qonun
1273-yilda Angliya qiroli Eduard I 
tomonidan chiqarilgan edi) qabul qilindi, jarimalar tizimi ishlab chiqildi, tabiatni
muhofaza qilish davlat idoralari tashkil etildi. Chunonchi, shu xususdagi ishlar 
doimiy ravishda BMTning atrof-muhit bo‗yicha maxsus tashkiloti YUNEP
(Keniya, Nayrobi) tomonidan nazorat etib boriladi. 
Demografik muammo global muammolarning eng muhimi hisobla-nadi.
Ushbu muammolar rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori darajada tug‗ilish va 
tabiy ko‗payish bilan, rivojlangan mamlakatlarda esa juda past darajadagi tug‗ilish
va tabiiy ko‗payish bilan bog‗langan. Buning oqibatida birinchi guruh 
mamlakatlarda aholi va mehnat resurslari soni tez o‗smoqda, ikkinchi guruh
mamlakatlarda esa aholi va mehnat resurslari soni past sur‘atlari o‗smoqda, ular 
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hozirgi vaqtda energetika va xomashyo muammosi iqtisodiyot va ishlab 
chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan eng dolzarb muammolardan biridir. Mazkur
muammolarning kun tartibiga birinchi bor chiqishi XX asrning 70-yillarida qayd 
etildi. 1973-1988 va 2007-yillarda yuz bergan energetika inqirozi va uning
oqibatlari hozirgi kungacha sezilmoqda. Energetik inqiroz va undan keyin 
chuqurlashgan xomashyo muammosi yoqilg‗i va xomashyoga bo‗lgan talab va
taklif nisbati bilangina belgilanmasdan, balki ularni qazib olish sharoitlari, 
dastavval, kon-geologik sharoitlarning murakkablashuvi hamda xomashyo qazib
olinayotgan hududlarda ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan ham bog‗liqdir. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling