«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
313 Uning fikricha, ―Eski dunyo‖ g‗arbdan sharqqa katta masofaga cho‗zilganligi sababli iqlimiy jihatdan bir xillikka ega. ―Yangi dunyo‖ esa shimoldan janubga tomon katta masofaga cho‗zilganligi tufayli iqlimiy farqlari juda katta. Mazkur iqlimiy farqlar Ritterning fikricha, mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteriga katta ta‘sir ko‗rsatadi. O‗z navbatida, tashqi siyosat turli yo‗nalishlardan iborat. U, avvalambor, boshqa davlatlar bilan tinch-totuv yashash, iqtisodiy, madaniy, fan-texnika, global ekologik muammolarni hal qilishdagi xalqaro aloqalarni o‗z ichiga oladi. Tashqi siyosatning bir ko‗rinishi – geografik siyosat, ya‘ni geosiyosatdir. Bu siyosatning mazmunini ham ikki xil talqin qilish mumkin: avvalgi reaksion ma‘noda va hozirgi to‗g‗ri mazmunda. Birinchisi, ko‗proq g‗arb mamlakatlarida alohida oqim sifatida, asosan, nemis, ingliz va shved olimlari (Fridrix Rattsel, Rudolf Chellen, Karl Xausxofer, Alfred Mexen, Xelxord Mokkinder va b.) tomonidan yaratilgan bo‗lib, u o‗ta reaksion, o‗zga davlatlar va millatlarni kamsitish, ularning hududlariga tahdid-tajovuz qilish, bosib olishni anglatadi. Aytish joizki, aynan ana shunday geosiyosat mamlakatlar o‗rtasidagi nizolar, jang-u jadallar sababchi bo‗lgan: nemis fashizmining II Jahon urushini boshlashi ham g‗oyaviy jihatdan reaksion geosiyosatga asoslangan edi. Yer yuzining turli qismlarida mavjud bo‗lgan hududiy kelishmovchiliklar asosida turli davlatlarning birinchi yo‗nalishdagi geosiyosati yotadi. Yugoslaviya hududidagi janjallar, Isroil-Falastin munosabati, Panjob va Kashmir, Tog‗li Qorabog‗, Checheniston kabi juda ko‗p muammoli hududlar shular jumlasidan. Geosiyosatning hozirgi zamon, to‗g‗ri ma‘nosi u yoki bu davlatning jahonning boshqa mamlakatlari, eng avvalo, qo‗shni davlatlar bilan tinch-totuv yashash, ular bilan turli sohalarda hamkorik qilishni bildiradi. Shuningdek, bu yerda mamlakatning jahon okeaniga va bozoriga arzon, qulay, beg‗araz yo‗llar orqali chiqishi ham nazarda tutiladi. Hozirgi geosiyosat bu avvalgi hududiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling