«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet289/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

310 
Uchlik ittifoqining birinchi jahon urushida (1914-1918) parchalanib ketishi 


Versal geosiyosiy bosqichi
ning boshlanishi bilan xarakterlanadi va geopolitik 
kuchlar nisbatining tubdan o‗zgarishiga olib keldi. Kuchli siyosiy markaz bo‗lib
hisoblangan Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Turkiya imperiyalari 
inqirozga yuz tutdi. Ushbu davlatlarning parchalanishidan paydo bo‗lgan nisbatan
kichik davlatlarni Versal shartnomasining mualliflari o‗z ta‘sir doiralariga 
kiritishni maqsad qilib oldilar. Versal shartnomasi siyosiy yetakchilikni quruqlikda
Fransiyaga, dengizda esa Angliyaga tegishini ta‘minlab berdi. 
G‗olib davlatlar siyosatchilari nuqtai nazaridan Rossiya uchun Yevropada joy
yo‗q edi. Versal shartnomasining ajralmas qismi hisoblangan Millatlar ligasi 
nomidan Germaniya va Turkiya imperiyalari koloniyalari g‗olib davlatlar
tomonidan bo‗lib olindi. AQSh Prezidenti Vilsonning rejalariga ko‗ra, Rossiya 
davlati bir necha ta‘sir doiralarga bo‗linishi kerak edi. Masalan, Kavkaz Turkiya
imperiyasining bir qismi sifatida, O‗rta Osiyo esa biron-bir Yevropa davlatining 
protektorati qilinishi lozim edi. Rossiya va Sibirning o‗zida esa amalda hech
qanday siyosiy kuchga ega bo‗lmagan qaram davlat tuzish ko‗zda tutilgan edi. Shu 
maqsadda jahonning 15 ta yirik davlati o‗z qo‗shinlarini Rossiya hududiga kiritdi.
Birinchi jahon urushida eng katta yutuqqa AQSh burjuaziyasi erishdi. U o‗z 
kuchini his qilgan holda, 1922-yilda Vashington konferensiyasida AQSh Angliya
bilan bir qatorda, harbiy dengiz flotiga ega bo‗lish huquqini qo‗lga kiritdi. 
Birinchi jahon urushida eng katta Millatlar ligasi yordamida g‗olib davlatlar
tomonidan Germaniya va Rossiya o‗rtasida Fransiya va Angliya davlatlari ta‘sir 
doirasida bo‗lgan bir guruh davlatlardan iborat ―sanitar kordon‖ tashkil etildi va bu
bilan ikki yirik davlatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqalariga chek qo‗yildi.
Ikkinchi jahon urushi Versal tinchligiga chek qo‗ydi. Urushning barcha
qiyinchiliklarini sobiq Ittifoq o‗z bo‗yniga oldi, lekin ushbu urushdan u harbiy va 
geosiyosiy jihatdan mustahkam bo‗lib chiqdi. O‗z tarixida birinchi marta Rossiya






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling