IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
312
boshqarish qobiliyatiga ega emas, ular siyosiy rahbarlikka muhtojdirlar. Janubiy
xalqlar, aksincha, chuqur o‗ylaydigan va qiyin holatlardan chiqib ketishga
ustadirlar. Ammo ular g‗ayratli emaslar. Shuning uchun ham qullik va tobelik
ularga xos ―tabiiy holatdir‖. Oraliq mintaqalarda istiqomat qiluvchi yunonlar esa
o‗zlarida shimol hamda janub xalqlariga xos bo‗lgan eng yaxshi hislatlarni jo
qilganlar‖.
Bunday siyosiy nazariyada geografik determizm an‘analariga yo‗l ochib
berilgan edi. Mazkur yondashuv Jon Boden tomonidan rivojlantirildi. U insonning
rivojlanishiga geografik muhit xalq xarakteri va ruhiyati orqali ta‘sir ko‗rsatadi,
degan xulosaga kelgan. Uning fikricha, inson hayoti uchun eng qulay va yaxshi
sharoitlar mo‘tadil mintaqada, 40°-50° shimoliy kengliklar oralig‗ida mavjud.
Aynan mana shu hududlarda qudratli davlatlar vujudga kelganligini ko‗rsatib
o‗tadi. Jon Boden mustaqil davlatlarning kuch-qudrati va taraqqiyoti ularni o‗rab
turgan tabiiy sharoitning ta‘siriga bevosita bog‗liq, deb hisoblagan.
Sharl Monteskye ijtimoiy hayot shakllarining rivojlanishida iqlim hal qiluvchi
ahamiyatga ega, deb hisoblagan hamda mamlakat qonunlari uning geografik
sharoitlariga mos bo‗lishi zarurligini asoslab bergan.
Geografik determinizm g‗oyalari Germaniyada XVIII va XIX asrlarda siyosiy
geografiyadan geosiyosatgacha bo‗lgan davrni bosib o‗tdi.
Geografik determinizm
(lotincha, ―determino‖ – aniqlayman) g‗oyasiga
binoan, ijtimoiy sharoitni mamlakatning geografik joylashishi va tabiiy sharoitini
belgilab beradi. Geografik determinizm g‗oyasi vakillarining fikricha, kishilik
jamiyatining rivojlnishini geografik sharoitning xususiyatlari belgilab beradi.
Masalan, Ritter dunyoni ikki qismga bo‗ladi – suvlik (okeanlar) va quruqlikka. U
quruqlik Shimoliy yarimsharda, suvlik esa Janubiy yarimsharda asosiy maydonni
tashkil qilishini ta‘kidlaydi. Shimolda joylashgan quruqlikni ―Eski Dunyo‖
(Evropa, Osiyo) va ―Yangi dunyo‖ (Shimoliy va Janubiy Amerika) ga bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |