«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
314 siyosatdan tubdan farq qiladi va u davlatlarning tashqi munosabatini bildiradi. Bunday siyosat, o‗z navbatida, turli tarmoq-soha siyosatlaridan tashkil topadi. Mamlakatning geografik mazmundagi ichki siyosatini mintaqaviy siyosat shaklida qabul qilgan ma‘qulroq, garchi ―geo‖-yer, hudud, mintaqa atamasiga to‗g‗ri kelsa-da, uning aynan shu ko‗rinishi to‗g‗riroqdir. Sababi davlatning bunday siyosatini hududiy siyosat darajasida talqin qilish ba‘zan kishilar ongiga singib qolgan tushunmovchilikka, noto‗g‗ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Davlatlar va xalqlar hayoti uning butun xilma-xilligiga ko‗p darajada geografik atrof-muhit va iqlim sabab bo‗lganligi haqidagi fikr-mulohazalar uning butun tarixi davomida insonning ijtimoiy sharoitlarini kuzatib boradi. Fridrix Rattselgacha ijod qilgan ko‗p faylasuflar, olimlar, siyosiy arboblar geograf olimlar siyosiy jarayonlar va hodisalarga e‘tibor qaratgan. Geosiyosatchilarning o‗zlari ko‗pincha, Monteske, Gerder, nemis geograflari Karl Ritter, Ferdinond Rixtxofen va boshqa ko‗zga ko‗ringan olimlar ularning ajdodlari ekanligini ta‘kidlashar edi. Geografik maktab yo‗lida burilgan ijtimoiy tizimlar XIX asrda G.T.Bokl, V.Kuzen, E.Renon, I.Ten kabi mualliflar tomonidan vujudga keltirilgan. Qadimda klassik uyg‗onuvchilar bilan mos ravishda, geografik determinizm haqidagi tasavvurlar, bu insoniyat jamiyatining rivojlanishi mustasno tarzda geografik olimlarga bog‗liq deb hisoblanar edi, davlat chegaralarining o‗rnatilishi esa kuchli haqiqatga asoslanadi va butunlay bosib olishlarga bog‗liq bo‗ladi. Geografik muhitni (birinchi navbatda iqlimni) urf-odatlarga, an‘analariga va ayrim umumtarixiy jarayonlarga ta‘siri haqidagi savolni antik mualliflar – ―tibbiyot otasi‖ Gippokrat, ―tarixning otasi‖ Gerodot, Rim tarixchisi Polibiy va boshqalar ko‗rib chiqishar edi. Qadimgi greklar birinchi bo‗lib, geografik muhit ta‘siriga, insonni sotsial mavjudligiga e‘tibor qaratishdi. Bu hech aqlga sig‗maydigan qiziqish edi, u amaliyotda sinalgan tasavvurlar bilan bayon qilinar edi. Sivilizatsiyaning rivojlanib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling