IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
377
Izoh: Topshiriqni bajarishda migratsiya saldosi inobatga olinadi, ya‘ni agar
mamlakatda ko‘chib kelganlardan ko‘chib ketganlar soni ustun bo‘lsa, chap
tarafga manfiy (-) va aksincha bo‘lsa, o‘ng tarafga musbat (+) ishoralari qo‘yiladi.
№
_
45.
Xitoyda 2011-yil 1-yanvar holati bo‘yicha, ish izlab 158 630 000
ishchi o‘z hududidan chiqib ketgan hamda uyiga 94 150 000 ishchi qaytgan bo‘lsa,
mazkur paytdagi mexanik ko‘payish qanchani tashkil etgan?
№
_
46.
2018-yil bo‘yicha, O‘zbekistonda migratsiya saldosi -16 200 kishini
tashkil etgani holda, mamlakatga ko‘chib kelganlar soni 2 800 kishiga teng bo‘ldi.
Ushbu ma‘lumotlardan foydalanib, joriy yilda qancha kishi mamlakatdan ko‘chib
ketganligini toping.
II.3.4. Aholining umumiy (tabiiy + mexanik) ko‟payishi
Aholi tabiiy harakatlari, ya‘ni tug‘ilish va o‘lim jarayonlari natijasida
aholining demografik holati o‘zgarib turadi: yo ko‘payadi, yo kamayadi, ba‘zi
hollarda esa turg‘un holat kuzatiladi. Tabiiy ko‘payishdan tashqari, mexanik
ko‘payish ham aholi soniga, tabiiyki, ta‘sir qiladi. Demak, ma‘lum hudud va
ma‘lum bir muddat davomida aholi sonining dinamikasi har ikkisini ham inobatga
olgan holda, quyidagicha ko‘rinishlarga ega:
S
↑
= K
↑
+ M
↑
Bu yerda,
S
↑
= aholi sonining umumiy o‘sish ko‘rsatkichi;
K
↑
= tabiiy ko‘payish;
M
↑
= mexanik ko‘payish.
№
_
47.
O‘zbekistonda 2017-yil bo‘yicha, tabiiy ko‘payish miqdori 554 000
kishini, mexanik ko‘payish miqdori esa -20 600 kishini tashkil etsa, aholi soni
umumiy holatda qanchaga ko‘paygan?
Yechish.
Aholi soni mutloq holatda qanchaga ko‘payganligi ushbu ifoda
orqali namoyon bo‘ladi hamda quyidagicha hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |