«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet100/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

108 
chog‘da agrosanoat majmui rivojlangan hududlarda (Sirdaryo, Xorazm, Namangan 

va h.k.) bu jarayon tezlik bilan amalga oshmoqda.


Mulkchilikning turli shakllariga keng yo‘l ochish, iqtisodiy islohatlarni 
chuqurlashtirish maqsadida davlat antimonopol, ya‘ni monopoliyaga qarshi siyosat
olib boradi. Shu bilan birga, u ilgarigidek ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish 
va joylashtirishni qat‘iy rejalashtirmaydi (chunki, endi barcha mulk uniki emas),
balki tartibga solib boradi. Ammo bu tizimga bosqichma-bosqich o‘tib boriladi. 
Zero, buning uchun moddiy, ma‘naviy, huquqiy shart-haroitlar muhayyo bo‘lishi
shart.

O‘tish davri prinsiplaridan birida davlatning asosiy islohotchi, tashkilotchi


kuch sifatida saqlanib qolishi qayd etilgan. Darhaqiqat, davlatning bunday vazifasi 
qolaveradi, faqat uning amalga oshirilish yo‘llari biroz o‘zgaradi. Davlat o‘z
tasarrufida bo‘lgan sohalarga bevosita, qolganlariga esa bilvosita, ya‘ni moliya-
kredit, soliq, narx-navo siyosati orqali ta‘sir qiladi. Demak, «joylashtirish»,
«hududiy tashkil qilish» tushunchalarining qat‘iyligi ancha yo‘qoladi, chunki endi 
hamma korxonalarni ham davlat rejalashtirmaydi. Binobarin, hozirgi sharoitda
joylashtirish, hududiy tashkil qilishning «egasi», subyekti nafaqat davlat, balki 
aloxida jismoniy shaxs, oila, jamoa, kichik va o‘rta tadbirkorlar hisoblanadi.
O‘tish davrida rivojlanayotgan mamalakatlarda erkin iqtisodiy mintaqalarni 
(EIM) yaratishga katta e‘tibor beriladi. Ularning ham shakli va turi ko‘p: EIMlar
bevosita sanoat ishlab chiqarishiga, eksport-import jarayoniga, xizmat ko‘rsatish, 
savdo-sotiqqa (ofshor) ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin.
EIMlarni tashkil qilishda, avvalambor, qulay iqtisodiy geografik o‘rin, 
infrastruktura tizimi, transportning rivojlanganligi hamda solig‘, bojxona
sohasidagi yengilliklar, imtiyozlar talab etiladi. O‘z navbatida yaratilgan EIMlar 
milliy va mintaqaviy iqtisodiyotga katta ta‘sir ko‘rsatadi, ishlab chiqarishni






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling