«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet103/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

111 


8-BOB. TARIXIY GEOGRAFIYA 
Reja:
8.1. Qadimgi yoki antik davrda geografik qarashlar. 

8.2. O‗rta asrlar geografiyasi.


8.3. Buyuk geografik kashfiyotlar davri. 
8.4. ―Geografiya‖ fanining rivojlanishidagi yangi davr.
8.5. Eng yangi davr geografiyasining asosiy xususiyatlari. 
Geografiya tarixi ko‗proq fanning shakllanishi va rivojlanishini, ya‘ni faqat 

fanga tegishli g‗oyalar ketma-ketligini o‗rgansa, tarixiy geografiya muayyan bir


davrdagi geografik qarashlar va g‗oyalarni tadqiq etadi. Tarixiy geografik asarlarda 
davrlarga ajratish turli olimlar tomonidan turlicha amalga oshirilgan. Ushbu
adabiyotda u besh davrga ajratib o‗rganildi. Bular, qadimgi yoki antik davr, o‗rta 
asrlar, buyuk geografik kashfiyotlar, yangi hamda eng yangi davrlar deb nomlandi.
Qadimgi yoki antik davr.
Bu davr (mil.avv. VII asrdan milodiy V asrga 
qadar) geografiya fanining shakllanish paytiga to‗g‗ri keladi. Misr, Yunoniston,
Xitoy, Hindistonda geografik g‗oyalar paydo bo‗lgan. Masalan, Yerning shar 
shaklda ekanligi g‗oyasini dastlab Fales mil.avv. VII asrda aytgan bo‗lsa, shu
fikrga Pifagor va uning shogirdlari (mil.avv. VI-V asrlar), Aristotel (mil.avv. IV 
asr), Eratosfen (mil.avv. 275-195-yillar) va boshqalar qo‗shilgan. Suriyalik
Posidaniy (mil.avv. II-I asr) yerning sharsimonligiga asoslanib, geografik zonallik 
g‗oyasini aytgan va 9 ta iqlim mintaqaga (zona) ajratgan (hozir 13 taga ajratiladi).
Keyinroq Strabon (mil.avv. II-I asr) sharsimon yerda beshta mintaqa yoki zona bor 
deb hisoblab, quyidagilarni yozib qoldirgan: ―Yerda beshta zonalar farqlanadi.
O‗rtadagi zona eng issiq, chetdagilari esa juda sovuq (bularda yashab bo‗lmaydi). 
Qolgan ikki oraliq zonalarda insonlar yashaydi va bu zonada yil fasllari bir xil
taqsimlanadi‖. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling