«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
107 G.G.Ford ―Men sizga istagan rangli avtomobil sotishim mumkin. Faqat bitta shartim bor: bu mashina albatta qora rangda bo‘lishi kerak‖, - degan edi, ya‘ni Ford firmasi konveyr usulida faqat bir rangli, ya‘ni qora mashinalar ishlab chiqargan, talab darajasini inobatga olmagan. Hozirgi kunda vaziyat butunlay boshqacha: iste‘mol mollariga talab xususiylashmoqda (individuallashmoqda) va bu talab vaqt davomida tez-tez o‘zgarib turmoqda. Shu bois, endiga sharoitda yoppasiga konveyr usulida bir tur va qo‘rinishdagi mahsulot keraksiz bo‘lib qoldi. Bunday holat jahon adabiyotida «postfordizm» deb yuritilmoqda. Shunday qilib, avvallari «miqdor», «miqyos» iqtisodi bo‘lsa, bugungi qunda ―sifat‖, ―turfa xillik‖ iqtisodi oldinga chiqmoqda. Demak, xo‘jalik tizimini, majmuasini turli yo‘nalishlar bilan boyitish, diversifikatsiya jarayonini rivojlantirganlar yutadi. Faqat bir turdagi mahsulotni ko‘plab miqdorda ishlab chiqargandarning bozori «kasod» bo‘lmoqda. Biz yuqorida bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va taklif to‘g‘risida aytib o‘gdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini to‘laligicha ifodalamaydi. Sabab bu yerda raqobat, raqobat muhiti yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko‘rimli, xaridorgir bo‘lishi uchun ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog‘lom, madaniy bo‘lishi talab etiladi. Raqobat uchun mulkchilik turli shaklda bo‘lishi, erkin va ochiq iqtisodiyot yuritish lozim. Binobarin, o‘tish davrida xususiyalashtirish va nodavlat sektorini rivojlantirishga ahamiyat beriladi. Bu davrda eng avval savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati osonroq «nodavlatlashadi». Shuning uchun bo‘lsa kerak, hozirgi vaqtda ko‘proq tog‘-kon, yoqilg‘i-energetika sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan viloyatlarda (Navoiy, Qashqadaryo, Toshkent) xususiylashtirish darajasi past. Ayni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling