«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
103 HMT va integratsiya natijasida turli miqyosdagi bozorlar vujudga keladi. Ular mahalliy, mintaqaviy, mintaqalararo, milliy va xalqaro darajada bo‘ladi. Mamlakatlar doirasidagi bozorlar esa amaldagi iqtisodiy rayonlar chegarasini belgilaydi, chunki xar bir bosqichdagi bozor o‘zining ta‘sir doirasiga, makoniga ega. Nemis omili A.Lyosh ham o‘z vaqtida iqtisodiy landshaftlar (rayonlar)ni bozorlar makoni, ta‘sir radiusi yoki hududi bilan aniqlangan edi, hozirgi kunda esa ixtisoslashgan tarmoqlarni bozorga ixtisoslashgan tarmoqlar, deb ham aytishadi. Har bir mamlakat milliy iqtisodiytining barkamolligi, mustahkamligi bosqichma-bosqich turli darajadagi bozorlarni o‘z mahsuloti bilan to‘yintirilishi, import mahsulotlarining o‘rinini qoplovchi imkoniyatlarni yaratish negizida amalga oshiriladi. Xuddi shu maqsadda xalq iste‘mol mollarini ko‘proq yetishtirish ayni muddaodir. Hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biri – bu respublika ichida hududiy mehnat taqsimotini rivojlantirish, iqtisodiy rayonlar va viloyatlar xo‘jalik tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bu o‘rinda barcha hududlarning faqat yoki, asosan, paxtachilikka ixtisoslashuvi aslo shart emas; u bilan birga xo‘jalikning yana boshqa sohalari ham rivojlanishi zarur, Masalan, Farg‘ona iqtisodiy rayonida (paxtachilikdan tashqari) pillachilik, bog‘dorchilik, to‘qimchilik va mashinasozlik (avtomobilsozlik), Qashqadaryoda — neft va gaz sanoati, Qoraqalpog‘istonda — kimyo rivojlanishi va h.k. Ana shundagina mintaqalar mamlakat tashqarisidagi bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ochiq, erkin iqtisodiyot, bozor munosabatlariga mos keladi, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishga sharoit yaratadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatlarning alohida, «berk», ya‘ni eksport — importsiz rivojlanishi yaxshi iqtisodiy natijalar bermaydi. Shuning uchun ilg‘or mamlakatlarda ochiq savdo, ya‘ni fritreder prinsipi mavjud. Bizning mustaqil mamlakatimiz ham xalqaro geografik mehnat taqsimotida, jahon bozori |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling