«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet94/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

102 
Sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida hududiy mehnat taqsimotining 

vertikal shaklida keskin o‘zgarishlar yuz berdi: ilgarigi ittifoqdosh respublikalar


endigi mustaqil davlatlar, jumladan, O‘zbekiston jahon hamjamiyatining alohida 
subyekti sifatida bu taqsimotning birinchi bosqichidan joy oldi, ya‘ni beshinchi
o‘rindan birdaniga birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Albatta, bunday «sakrash» oqibatida 
anchagina muammolar yuzaga keldi. Agar bu muammoni sobiq O‘rta Osiyo
iqtisodiy rayoni darajasida ko‘rmoqchi bo‘lsak, hozirgi kunda qo‘shni 
respublikalar o‘rtasida iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, yagona
iqtisodiy makonni shakllantirish juda qiyin bo‘lib qoldi. Buning sabablaridan biri 
barcha respublikalarning asosan bir xil mahsulot, ya‘ni paxta yetishtirishidir.
Xuddi shunday vaziyat respublikamiz ichida yanada yaqqolroq ko‘rinadi. 
Binobarin, milliy iqtisodiyotning biryoqlama, paxta yakka hokimligiga,
yo‘naltirilgan tizimining o‘rniga turli tarmoqlarga ixtisoslashgan xo‘jalik tarkibini 
vujudga keltirish zarur. Sobiq Ittifoqdan meros qolgan hududning tor
ixtisoslashuvi ayrim viloyatlarda, masalan, Sirdaryo, Jizzax, Namangan, 
Surxondaryo, Xorazmda tamomila o‘zgartirilganicha yo‘q. Shu bois,
mamlaktimizda ichki — mintaqalar va viloyatlar va xatto viloyat doirasida mehnat 
taqsimotini chuqurlashtirish lozim.
HMT ixtisoslashuvga, bir joyning ikkinchi joydan xo‘jalik yo‘nalishi 
bo‘yicha farq qilishiga, hududiy rang-baranglikka olib keladi. Bu esa iqtisodiy
rayonlarning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, hududiy mehnat 
taqsimoti → ixtisoslashuv → iqtisodiy rayonlar o‘rtasida zanjirsimon aloqadorlik
mavjud.

Ta‘kidlash zarurki, HMT mintaqalarning iqtisodiy mustaqilligini


ta‘minlashga yordam beradi. Ammo, shu bilan birga hududlarga iqtisodiy aloqalar 
ham kerak. Zero, hududlarning xo‘jalik ixtisoslashuvi bo‘yicha turlanishi ular
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni taqozo etadi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling