«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet90/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

97 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, tabiiy resurslarni klassifikatsiyalashdan 

foydalanish ularning turli guruhlari, genetik tavsifi, xo‘jalikda foydalanish


imkoniyatlari, o‘rganilganlik darajasi va ulardan oqilona foydalanish hamda 
saqlash yo‘llarini topish imkonini beradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayoniga
tiklanmaydigan resurslarni jalb etishda ulardan oqilona foydalanish, to‘liq va 
majmuali qayta ishlashga e‘tiborni qaratish kerak bo‘ladi. Tiklanadigan
resurslardan foydalanishda esa ifloslanishning turli yo‘llarini oldini olishga va har 
tomonlama qayta tiklashga e‘tiborni kuchaytirish zarur.
Iqtisodiyotda baholash termini falsafiy kategoriya bo‘lgan ―qiymat‖ 
tushunchasi bilan bir qatorga qo‘yiladi. Qiymat obyekt ahamiyatining qay darajada
ekanligini aks ettiradi va bu inson ehtiyojlarini qondirishi hamda obyektning 
shaxsiy xususiyatlari bilan belgilanadi. Tabiiy resurslarni baholash umumfalsafiy
yondashuvlardan kelib chiqib, resurslarga xos xususiyatlarni insonlar ilgari surgan 
qiymat mezonlari bilan taqqoslashni nazarda tutadi. Inson ehtiyojlarining turlariga
qarab qiymat moddiy, ijtimoiy-siyosiy, estetik va boshqa turda bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiy baholash – iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ifodalangan ishlab chiqarish
va iste‘mol orqali ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan tabiiy 
resurslarning foydaliligini aniqlash;
Noiqtisodiy baholash – tabiiy resurslarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarda 
ifodalanmagan ekologik, estetik, madaniy va boshqa qiymatini aniqlash
hisoblanadi. Noiqtisodiy baholash orasida texnologik (ishlab chiqarish) baholashni 
ham alohida ko‘rsatish mumkin. Chunki, u bir turdagi iqtisodiy resurslar ichidagi
tabiiy farqlarni ajratishni aniqlashga mo‘ljallanadi (masalan, neft va ko‘mir turlari). 
Baholash variantlari uning turli ko‘rsatkichlaridan foydalanishni talab etadi,
bular quyidagilarda ko‘rinadi: 

natural (tonna, kub metr, gektar va x.k.); 







Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling