IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
93
yerning ichki energiyasi, shamol energiyasi va boshqalar). O‘simlik va hayvonot
dunyosi resurslarini biologik resurslar deb ham yuritiladi.
2. Tabiiy resurslarning ekologik klassifikatsiyasi – ularning tugashi va
tugamasligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.
Tugamaydigan tabiiy resurslar – hozir va yaqin kelajakda inson tomonidan
o‘zlashtirish natijasida tugamaydigan resurslar (quyosh energiyasi, yerning ichki
energiyasi, suv va havo energiyasi).
Tugaydigan tiklanmaydigan tabiiy resurslar mavjud zahiralari turli
maqsadlarda uzluksiz ishlatilishi natijasida tugaydigan va keyin tiklanmay
qoladigan resurslardir. Mineral resurslar ana shunday resurslar jumlasiga kiradi.
Tugaydigan tiklanadigan tabiiy resurslar – ma‘lum vaqt o‘tgandan so‘ng
tiklanish xususiyatiga ega bo‘lgan resurslardir. Masalan, suv, o‘simlik va hayvonot
resurslari va h.k. Bu guruhga o‘ta sekinlik bilan tiklanadigan resurslar (yerning
hosildorligi va unumdorligi, yuqori sifatli yog‘och beruvchi o‘rmon resurslari) ham
kiradi.
3. Tabiiy resurslar xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlariga qarab quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
Real – ishlab chiqarish kuchlarining hozirgi rivojlanish darajasida
foydalanilayotgan tabiiy resurslar.
Potentsial – ilmiy tadqiqot va kuzatish ishlari asosida aniqlangan,
jamiyatning texnik rivojlanish darajasi hozirgi kunda ulardan foydalanish
imkoniyatini beradigan va shu bilan birga vaqtincha ulardan foydalanish imkonini
bermaydigan resurslar ham kiradi.
4. Resurslarning almashtirilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga
ko‘ra muqobili mavjud va muqobili mavjud emas turlarga bo‘linadi.
Muqobili mavjud tabiiy resurslarga yoqilg‘i-energetika resurslari kiradi. U
yoqilg‘i resurslarining boshqa turlari bilan almashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |