«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
89 noqulay hududlar – qattiq tabiiy sharoitli, aholi hayoti uchun kam foydali hududlar (Arktika cho‘llari, tundra, yarim cho‘llar, baland tog‘li hududlar); sharoiti cheklangan hududlar – ko‘chmanchi aholi uchun cheklangan tabiiy sharoitli hududar; o‘rtacha qulaylikka ega hududlar – doimiy aholi shakllanishi uchun arzimas to‘siqlar bo‘lgan hududlar; qulay hududlar – aholi hayot faoliyati uchun ideal tashqi muhit sharoitiga ega bo‘lgan hududlar. Tabiiy shart-sharoit tushunchasi o‘z-o‘zidan u yoki bu xo‘jalik faoliyati ko‘rinishini nazarda tutadi. Aynan tabiiy shart-sharoitlar insonlar xo‘jalik faoliyatining xilma-xilligini, alohida hududlarning tarmoq jihatdan ixtisoslashuvini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarini oldindan belgilab beradi. Ayniqsa, mamlakatlar iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va suv xo‘jaligi kabi tarmoqlari uchun tabiiy sharoitlar birinchi darajali ahamiyatga egadir. Ularning rivojlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproqning unumdorligi, iqlim va hududning suv bilan ta‘minlanishi bilan bog‘liq. Shuningdek, transport va xo‘jalikning boshqa sohalari ham tabiiy shart-sharoit ta‘siri ostida bo‘ladi. Ma‘lumki, foydali qazilmalarni qazib olishda ularning zaxiralari va sifat xususiyatlarigina emas, balki qazilmaning tannarxi, qazish usuli miqyosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir qiluvchi yer sathiga chuqur yoki yaqin joylashish sharoiti ham hisobga olinadi. Amaliyotda tog‘ sanoatida ko‘pincha shunday bo‘ladiki, eng qimmat emas, arzonroq, ammo qulay tabiiy sharoitda joylashgan konlar ko‘proq foyda keltiradi. Qurilishning barcha turlari tabiiy sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Hududning tabiiy ko‘rsatkichlari shahar kommunal xo‘jaligini tashkil qilishga ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Issiqlik, suv ta‘minoti, kanalizatsiya, uylarni isitish va yoritish tizimi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling