IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
84
mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan xo‘jalik
tarmoqlari, II gruppaga yordamchi, I bilan bog‘liq bo‘lgan va uchunchisiga esa
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlar kiradi. Albatta, hamma rayonlarda
tarmoqlar va ularning rivojlanganlik darajasi har xil bo‘ladi. Masalan, Markaziy
Osiyo uchun I gruppani paxtachilik, pillachilik, paxta tolasi ishlab chiqarish, nodir
qimmatbaxo metallarni qazib olish kiradi; II gruppaga mashinasozlik va III
gruppani esa oziq-ovqat, yengil, elektr-energetika, qurilish materiallari sanoati
tashkil etadi.
Har qaysi rayon ichki jihatdan bir-birini to‘ldirib, yaxlit hududiy-iqtisodiy
kompleksni tashkil etishi lozim. Ammo, real hayotda hamma rayonlar ham
shunday emas.
Iqtisodiy rayonlar yoki zonalar geografik jihatdan quyidagi sxemada
o‘rganiladi:
1.
Iqtisodiy rayonlar tarkibi va uni asoslash, maydoni va aholisi.
2.
Rayonning mamlakat YaIMda tutgan o‘rni.
3.
Iqtisodiy geografik o‘rni.
4.
Tabiiy-geografik o‘rni va sharoitlar relyefi, foydali qazilmalari, iqlimi,
gidrogeografiyasi, tuprog‘i, o‘simligi va hayvonot dunyosiga iqtisoiy jihatdan baho
berish.
5.
Aholisi: hududiy demografik tarkibi, o‘sish, shahar, va qishloq aholi
punktlari, shahar aglomeratsiyasi, urbanizatsiya jarayoni, mehnat resurslari.
6.
Xo‘jaligi: umumiy tarifini, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti.
7.
Rayonning ichki tafovutlari-kichik iqtisodiy rayonlar, sanoat va
agrosanoat tugunlari, yirik shaharlar va shaharlar aglomeratsiyalari.
8.
Tashqi transport-iqtisodiy aloqalari.
9.
Rayon ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etishdagi asosiy
muammolar va ularning kelajagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |