IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
83
tarmog‘iga ixtisoslanadi;
rayonlashtirish va rayonlar chegarasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi,
chunki uning asosida o‘tgan hududiy mehnat taqsimoti doimo rivojlanishda;
iqtisodiy rayonlashtirishda milliy masalalar, milliy respublikalarning
rivojlanish vazifalari, yirik rayon tashkil etuvchi markazlarning mavjudligi
hisobga olinadi.
rayonlashtirish mamlakatning siyosiy-ma‘muriy tuzilishi bilan bog‘lik
bo‘ladi.
Iqtisodiy rayonlashtirishdan asosan ikki maqsad kuzda tutiladi. Bu ham
bo‘lsa ishlab chiqarish kuchlarini rejali ravishda to‘g‘ri hududiy tashkil etish va
boshqarishdir. Har bir iqtisodiy rayonda maxaliy sharoitni hisobga olgan holda
ixtisoslashgan tarmolarni rivojlantirish, rayonlararo transport-iqtisodiy aloqalarni
amalga oshirish lozim.
Iqtisodiy rayonlashtirish va umuman geografik rayonlashtirish mamlakat
maydoni qanchalik katta va ichki jihatdan sotsial-iqtisodiy tafovutlarga qancha boy
bo‘lsa, shuncha muhimdir.
Bizning fikrimizcha, mamlakat hududini rayonlarga bo‘lish bilan real
rayonlarni ajratish bir xil emas. Birinchi holda bir rayonlar turkumi bilan butun
territoriyani koplab olamiz, ikkinchi holda esa rayonlar hamma joyda emas, balki
har joy-har joyda, ishlab chiqarishni hududiy kontsentratsiyalashuvi va kompleks
rivojlanishi shaklida kuramiz, xolos.
Huddi shu tipdagi rayonlar ko‘pincha xalq xo‘jaligi tarmoqlarini hududiy
birligini ajratishda uchraydi va ular hamma vaqt ham mamuriy siyosiy bo‘linishi
bilan to‘g‘ri kelmaydi.
Har qanday rayon yaxlit hududiy iqtisodiy kompleksni tashkil etadi. Uning
yetuklik darajasi 3 gruppadagi tarmoqlarning mavjudligida, ularning bir-biri bilan
uyg‘unlashgan holda rivojlanganligida o‘z aksini topadi. I gruppaga rayonning
Do'stlaringiz bilan baham: |