«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet73/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

79 
Shunday qilib, HIChMlarning ilmiy nazariy asoslari, Rossiyada, taniqli 

olim Nikolay Nikolaevich Kolososvkiy tomonidan yaratildi. U ushbu masalani


iqtisodiy rayonlashtirish muammolari bilan bog‘liq ravishda o‘rgandi. 
Umuman olganda, N.N.Kolosovkiyning bunday dunyoqarashiga uning
transport (temir yo‘l transporti) muhandisi ekanligi va geografiya uchun an‘anaviy 
ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks yondoshuvining uyg‘unligi asos bo‘ldi;
«hududqkompleks» ishlab chiqarishning hududiy birikmalari yoki majmualarini 
(komplekslarini) tashkil etadi.
Chindan ham kompleks (majmua)ning ilmiy-amaliy ahamiyati katta. 
Chunonchi, u:
√ tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan atroflicha foydalanish
√ ishlab chiqarishni mumkin qadar chiqindisiz yo‘lga qo‘yish;
√ ishlab chiqarishni tizim-tarkib asosida hududiy tashkil qilish; 
√ iqtisodiy geografiya va uning asosiy tushunchasi bo‘lgan iqtisodiy
rayonlarni o‘rganish; 
√ iqtisodiy rayonlar xo‘jaligi tarkibini qayta qurish va boshqalarda
ahamiyatlidir. 
Aytish mumkinki, agar N.N.Kolosovskiy transport muhandisi, ya‘ni
o‘ziga xos injenerlik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lmaganda, ehtimol, bunday ilmiy 
cho‘qqilarga, olamshumul yutuqlarga erisha olmasdi. Sababi transport hamma vaqt
masofa va uni kesib (kezib) o‘tish, tashish, olib o‘tish kabi ma‘nolarni bildiradi; 
masofani mumkin qadar qisqartirish, «yaqinroq» yo‘l qidirish esa har qanday
muvaffaqiyatning garovi, iqtisodiy samaradorlikning asosi hisoblanadi. Shu 
o‘rinda tayyor mahsulot tannarxi, qiymatida transport xarajatlari hatto 50-60
foizgacha yetishini unutmaslik kerak. Qolaversa, ishlab chiqarish korxonalarning 
qulay yoki noqulay joylashuvi, mahsulotning qimmat yoki arzon bo‘lishi ko‘p
jihatdan aynan transport omiliga bog‘liq. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling