«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
78 Energiya ishlab chiqarish sikllari ma‘lum xomashyo va energiya (bu yerda energiya keng ma‘noga ega) asosida ishlab chiqarishning texnologik jihatdan uzluksiz, hatto uning chiqindilari asosida tashkil etilishini nazarda tutadi. Bunda, Yu.G.Saushkin iborasi bo‘yicha, daraxtning tanasi-asosiy ishlab chiqarish tarmog‘i (qora yoki rangdor metallurgiya, kimyo sanoati, dehqonchilik va h.k.), uning shoxlari esa ana shu asosiy ishlab chiqarish jarayoni bilan texnologik jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha tarmoq yoki tarmoqchalarning ayrim korxonalari demakdir. N.N.Kolosovskiy o‘z davrida qora metallarning pirometallurgik sikli, rangdor metallar, mashinasozlik, neft-gaz-kimyo, agroindustrial, o‘rmon-yog‘och- sellyuloza kabi 8 ta asosiy energiya ishlab chiqarish sikllarini ajratgan. Hozirgi kunda ularning soni 20 ga yaqinni tashkil qiladi. Alohida ta‘kidlash joizki, energiya ishlab chiqarish sikllari aslo hududiy birlik emas, aksincha ular ishlab chiqarishning texnologik birligidir. SHu bois bunday sikllar nisbatan kattaroq hudud miqyosida vujudga keladi. Ko‘rinib turibdiki, HIChM va energiya ishlab chiqarish sikllari bir-biridan tubdan farq qiladi; ikkinchisi birinchisining o‘zagi bo‘lishi mumkin, ammo uning o‘zginasi emas. Yana shuni e‘tirof etish lozimki, umuman ilmiy nuqtai nazardan to‘g‘ri bo‘lgan hududiy ishlab chiqarish majmualari g‘oyasi sobiq Ittifoq sharoitida ko‘zda tutilgan natijalarni to‘laligicha bermadi. Sababi bunday majmualar nihoyatda katta hududlarda «rejalashtirildi», ma‘muriy chegaralar e‘tiborga olinmadi, ijtimoiy va ekologik omillar nazardan chetda qoldirildi, eng muhimi- ularning yagona «egasi» boshqaruv organlari bo‘lmadi. Vaholanki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hududiy majmualar aynan nisbatan kichik miqyosda yaratildi va ularning faoliyati davlatning mintaqaviy hamda munitsipial siyosatida boshqarib tartibga solinib boriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling