«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet71/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

77 
Sanoat tugunlari, ya‘ni sanoat korxonalarini bir joyda g‘uj holda 

mujassamlashuvi



sanoat aglomeratsiyasi
, deb ham ataladi. Sanoat korxonalarini 
joylashtirishda aglomeratsiya omilini hisobga olish esa, avval ta‘kidlaganimizdek,
nemis olimi Alfred Veberga tegishli. Aglomeratsiya ham mujassamlashuv kabi 
katta iqtisodiy (ammo ekologik emas) samaradorlikga ega.
Darvoqe, hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishida 
ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning barcha turlari ixtisoslashuv,
mujassamlashuv, kooperatsiya (hamkorlik) va kombinatlashuv ishtirok etadi. 
Aslida esa hududiy ishlab chiqarish majmualari bevosita kombinatlashuvning
hududiy ko‘rinishidan boshqa narsa emas. Faqat korxonalar o‘rtasidagi 
kooperatsiya hamma vaqt ham kichik bir hududda mavjud bo‘lavermaydi.
Alohida tanlab olingan joyni barcha infratuzilma obyektlari bilan oldindan 
tayyorlash negizida sanoat parklari vujudga keladi. Bunday joylar tadbirkorlarga
sotiladi yoki ijaraga beriladi. 
Masalan, respublikamizda xorijiy mamlakatlar firmalarining sarmoyalari
yordamida qurilayotgan aksariyat qo‘shma korxonalar aynan ana shunday tayyor 
bino va infratuzilma shahobchalari muhayyo bo‘lgan joylarda tashkil etilmoqda.
Demak, aytish mumkinki, sanoat majmualarining asosini bunday sharoitda sanoat 
parklari tashkil etadi.
Nikolay

Nikolaevich


Kolosovskiyning 
hududiy
ishlab

chiqarish


majmualari g‘oyasini qaysi bir jihatdan A.Veberning ishlab chiqarish 
aglomeratsiyasi ta‘limotiga yaqinligiga yoki o‘xshashlik alomatlari borligiga
oldinroq ishora qilgan edik. Ammo uning boshqa bir ilmiy g‘oyasi 


energiya ishlab 

chiqarish sikllari
ta‘limotiga hech qanday e‘tiroz bo‘lmasligi kerak. Chunki u bu 
g‘oyani bevosita amaliyotdan kelib chiqqan holda (N.N.Kolosovskiy o‘zining asl
kasbi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi bo‘lgan) yaratgan. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling