«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet68/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

74 
alyuminiy zavodi barpo etildi. Rangli metallurgiya va o‘rmon sanoati yana 

«zanjirsimon» tarzda boshqa korxonalar vujudga kelishini (jumladan,


mashinasozlik, kimyo) taqozo etdi. 
Bunday majmualar O‘rta Osiyo respublikalarida qulay tabiiy sharoitda, aholi
va mehnat resurslari bilan yaxshi ta‘minlangan mintaqada va faqatgina energetika 
emas, balki agroiqlimiy resurslar asosida ham vujudga kelishi mumkin. Demak,
respublikamiz hududiy ishlab chiqarish majmualari sug‘oriladigan dehqonchilik, 
agrosanoat tarmoqlari va mehnatni ko‘p talab qiluvchi korxonalarini o‘z ichiga olar
ekan. Bunga Mirzacho‘l yoki Qarshi dashti asosida shakllanayotgan hududiy
ishlab chiqarish majmualarida misol bo‘la oladi.
Keng ma‘noda hududiy ishlab chiqarish majmualari ham turli bosqichda 
bo‘ladi. Oddiy sanoat yoki agrosanoat tugunidan tortib mamlakat miqyosida
vujudga kelayotgan yagona xalq xo‘jalik majmuasini ajratish mumkin. Bu, 
shubhasiz, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishda nihoyatda ilg‘or va iqtisodiy
jihatdan samarador bo‘lib, mintaqa yoki alohida viloyatlarning mamlakatimiz 
mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini, «basharasini» belgilab beradi.
Hududiy ishlab chiqarish majmualarini iqtisodiy jihatdan samarador 
ekanligi, eng avvalo, umumiy infratuzilma (yo‘l, suv, yer osti inshootlari, elektr
energiya shahobchalari va b.) mavjudligidan kelib chiqadi. Masalan, paxta 
ekiladigan rayonlarni olaylik: bunday joylarda, odatda, paxta tozalash zavodi,
uning yonida yog‘ zavodi, ularning chiqindilari asosida esa chorvachilik fermasini 
tashkil etsa bo‘ladi. Bu yerda majmua hosil qiluvchi tarmoq paxtachilik
hisoblanadi va u boshqa tarmoq yoki korxonalar joylanishiga sabab bo‘ladi. 
Tabiiyki, bunday korxonalar alohida-alohida, tarqoq joylashsa, ularning har biri
uchun yuqoridagi infratuzilma shahobchalari kerak. Bu esa iqtisodiy jihatdan 
nomaqbuldir. Agar ularning barchasi bir joyda hududiy tashkil etilsa, katta
tejamkorlikka va, binobarin, katta samaradorlikga erishiladi. Shu bois, aytish 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling