«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet64/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

69 
yondasha olmagan. Tabiat va jamiyat o‗rtasidagi aloqalar mohiyatini Gumboldt 

(zamonasining ko‗p olimlari kabi) geografik determinizm doirasida baholadi.


Shuning uchun Gumboldtning geografiyasi bir butunligi bu tabiiy geografiyaning 
bir butunligi – ―Yer shari fizikasi‖dir. Yerdagi hodisalarning sababiylik aloqalarda,
geografik bilishning markaziy vazifasi deb Gumboldt organik dunyoning notirik 
tabiatga bog‗liqligi: o‗simliklar dunyosi va iqlim o‗rtasidagi aloqalari, iqlimni
xuddi havo qobig‗i, quruqlik va okeanning ustki qismining birgalikdagi mahsuli 
sifatida o‗rganish deb hisoblagan. Bunday yondashuv Gumboldtga muhim tabiiy
geografik qonuniyatlarni 
– tabiatning kenglik va balandlik bo‗yicha
mintaqalanishini ochish imkonini berdi. Shunga qaramay Gumboldtdagi tabiiy 
geografik sintez faqat o‗simlik – iqlim munosabatlarini qamrab oladi, chunki o‗sha
davrda tabiatning boshqa komponentlariga, ayniqsa, tuproqlarga doir materiallar 
yetarli emas edi. Gumboldt qarashlarining chegaralanganligi, geografik hodisalarni
tabiiy talqinida ham ko‗proq yaqqol ko‗zga tashlanadi. ―Biz uchun yerdagi tabiiy 
hodisalarni oxirigacha o‗simlik formalari rivojlanishiga qadar va o‗z-o‗zini
belgilovchi tirik organizm harakatigacha kuzatishda ehtiyoj mavjud‖. Bu yerda 
Gumboldt insonni ham ―uning turli xil fizik xususiyatlariga‖ kiritib qo‗yadi. Tabiat
hodisalari o‗zaro aloqalarini o‗rgana turib Gumboldt ularning makondagi 
o‗zgarishiga e‘tibor qaratgan, shuning uchun ham tabiiy yer tasvirlash, makonda
ularning tartib bilan tarqalishini ko‗rib chiqadi. Bunday yondashuv amerikalik 
geograf R.Xartshornga Gumboldt konsepsiyasini xorologik (tarixiylikni rad etgan)
deb baholash imkonini berdi. Biroq A.G.Isachenko fikriga ko‗ra, bunday 
fikrlashning yolg‗onligini isbotlash qiyin emas. Gumboldt tabiiy o‗zaro aloqalarni
o‗rganishni qandaydir ma‘lum hududlar bilan chegaralamagan, balkim tadqiqot 
obekti sifatida butun Yer sharini ko‗rib chiqqan. Xorologik yondashuv
tarafdorlaridan farq qilgan holda, Gumboldt tabiiy geografik tadqiqotlarda 
tarixiylik metodini yoqlab chiqqan: ―Tabiatni o‗rganishni tabiat tarixidan ajratish






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling