«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
68 ustki qismi morfologiyasi, o‗simliklar, hayvonlar va Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani ko‗rib chiqdi. Keyinchalik u ko‗p marotaba bu masalalarni qayta ishlab chiqdi. 1845-1862-yillarda u umumiy tabiiy geografiyaga doir besh jildli ―Koinot, dunyoni tabiiy tasvirlash tajribasi‖ nomli asarini nashr ettirdi. Tabiatni o‗rganishda A.Gumboldt geografik qarashlarida tabiiy, ilmiy, stixiyali materializm pozitsiyasida turardi, ichki kuchlar ta‘sirida hech qanday o‗zgarishlar solmagan dunyoning materiyaviy bir butunligini ko‗rsatgan: ―Asosiy mening orzuim hamma vaqt tashqi dunyo hodisalarini ularning umumiy aloqalarida, bir butun harakatlanadigan ichki kuchlar ta‘sirida uyg‗onadigan tabiatni quchishga intilishdir‖. U asosiy e‘tiborini Yerning geografik qobig‗i tuzilishini o‗rganishga qaratdi, uning murakkab, sintetik xususiyatini tahlil qildi. A.Gumboldt geografiyaning fan sifatida tuzilishi haqidagi eng ilg‗or g‗oyalarni ilgari surdi. U umumiy va regional geografiyaning bir butunligini yoqlab chiqdi, tabiatni, qismlarning oddiy yig‗indisi kabi mexanik tushunishga qarshi bo‗ldi. Shuning uchun u tabiatshunoslikning bo‗lak xususiy tarmoqlari rivojlanishi bilan geografiyaning yo‗qolib ketmasligini oldindan aytgan edi. A.Gumboldt shunday yozadi: ―Hududlarni maxsus tasvirlash – shubhasiz, umumiy geografiyaning eng kerakli qismi hisoblanadi, biroq turli yerlarning eng serhafsala tasviri to‗plami ham yer shari florasini sanab chiqqanda, o‗sim-liklar geografiyasini tasavvur qilib bo‗lmaganidek, tabiatga xos manzarani butunligicha tasavvur qilish imkonini bermaydi‖ (Isachenko, 1971-y. 190 b.). Geografiya o‗zining haqiqatda mavjud bo‗lgan tadqiqot obyekti – Yerning geografik qobig‗i, vaqt va makonda uni hosil qiluvchi elementlari bilan o‗rganish hisoblanadi. Shuning uchun geografiya ma‘lumotlar yig‗indisi emas, balki mustaqil o‗ziga xos xususiyatlariga ega fandir. Tabiiyki, Gumboldt qarashlarida o‗z zamonasining ilmiy chegaralan-ganligi ham aks etgan. U jamiyat xarakteridagi geografik hodisalarni tushinishda to‗g‗ri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling