«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet83/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

90 
ularning qurilish harajatlari iqlim hamda muhandislik-geologik sharoitlarga bog‘liq 

holda farqlanadi.


Qishloq xo‘jalikgi uchun tabiiy sharoit alohida ahamiyatga ega. Agar 
sohaning ixtisoslashuvi va samarasi jumladan, O‘zbekiston uchun to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tuproqning tabiiy unumdorligi, iqlim, hududning suv tizimi bilan bog‘liqdir. 
Turli ekinlarni yetishtirish va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ko‘paytirish agroiqlim
sharoitlari muhim ahamiyatga ega. Iqlim sharoitlarini qishloq xo‘jalikgi ishlab 
chiqarishiga ta‘sirini agroiqlim ko‘rsatgkichlari orqali miqdoriy ifodalash mumkin.
Agroiqlim qonuniyatlarini o‘rganish mamlakatlar milliy iqtisodiyotini agrar 
sohasini boshqarish uchungina emas, balki iqtisodiy-siyosiy tahlil uchun ham
g‘oyat zarurdir. 
Tabiiy sharoitning insonlar hayotiga salbiy ta‘sirini ham kuzatish mumkin.
Tabiiy ofatlar – tabiiy sharoitning maxsus shakli bo‘lib u yoki bu joyning noxush 
va xavfli hodisasidir. Maxsus adabiyotlarda tabiiy ofatlar tushunchasi kutilmagan
holatlarni keltirib chiqaruvchi xavfli tabiat hodisasi sifatida tavsiflanadi. 
Kutilmagan holatlar deganda muayyan hududda tabiiy ofat yoki texnik avariya
tufayli me‘yordagi insonlar hayot foaliyati sharoitlarining buzilishi, sezilarli 
moddiy yo‘qotishlar, insonlar salomatligi va atrof-muhitga yetgan zararlar, o‘lim
oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatga aytiladi. 
Keng tarqalgan va inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan tabiiy ofatlarga yer
qimirlashi, suv toshqini, bo‘ron, dovul, qor ko‘chkilari va tuproq (tog‘) surilmalari, 
vulqonlar, torf va o‘rmon yog‘inlari, quyun, yer cho‘kishi, tsunami hodisalari
kiradi. Tabiatning noxush hodisalariga qurg‘oqchilik, muzlash, qattiq sovuq
chaqmoq, kuchli va uzoq davom etuvchi sel-yomg‘irlar, do‘l kabilarni misol qilib
ko‘rsatish mumkin. 
Noxush va xavfli hodisalarning barcha ko‘rinishlari gidrometereologik va
geologik-geomorfologik turlarga ajratiladi. Kamroq tarqalganlari orasida quyoshli 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling