«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
91 kosmik (magnit bo‘ronlari, meteoritlarning qulashi), biogeoximik (tuproq sho‘rlanishi, biologik yemirilish-eroziya) va biologik (qishloq xo‘jaligi zararkunandalarining ko‘payib ketishi) kabi xodisalar mavjud. Ularning ba‘zilari to‘satdan qisqa vaqt ichida yuz beradi (chigirtka bosishi, kolorado qo‘ng‘izi va boshqalar) va ko‘plab moddiy yo‘qotishlardan tashqari hatto insonlarning o‘limiga ham olib keladi. Boshqalari, misol uchun suv toshqini, tuproq yemirilishi uzoq davom etadi va insonlar o‘limi hamda katta moddiy zarar yetkazishi bilan ajralib turadi. Sel – tabiatda tez-tez sodir bo‘lib turadi. Yer sharining 3/4 qismiga tahdid soladi. Odatda tog‘larda qorlarning tez erishi bilan bog‘liq mavsumiy suv toshqinlari kuzatiladi. Ma‘lum sharoitlarda bunday toshqinlar 1998 yilda Yakutiyaning Lena daryosida sodir bo‘lgani kabi tabiiy ofatga aylanib ketishi mumkin. Kuchli jala yomg‘irlari ham katta-katta falokatlarga sabab bo‘lib turadi. Misol uchun 1911-yilda Fillipinda sutkasiga 1168 mm, 4 kunda 2233 mm yog‘in yoqqan. (Taqqoslash uchun uchun bu Moskvaning yillik o‘rtacha yog‘in miqdori darajasidan deyarli 4 barobar ko‘pdir). Xitoyning yirik Xuanxe daryosi o‘zining halokatli sellari bilan ayniqsa, mashhur. Daryo vodiysida 80 mlndan ortiq aholi yashaydi. Insoniyat tarixidagi eng fojeali rekord ham shu daryoga tegishlidir. 1887-yilning kuzida Xuanxe suvi 20 metrdan ziyod ko‘tariladi. 300 ta aholi punktlari suv ostida qoladi. 2 mln kishi halok bo‘lgan. Ulardan yetgan moddiy zarar ham nihoyatda katta. Sellardan himoyalanishning eng muhim va samarali vositasi ularni oldindan bashorat qilishdir. Suv toshqinidan faol (to‘g‘onlar qurish, ko‘llar, ariqlarni boshqarish) va passiv (evakuatsiya, ko‘chib o‘tish) himoyalanish mumkin. Yer qimirlashi – geologik tabiiy ofatlarlarning biri. Ularning oqibatida har yili 10 mlndan ortiq odam halok bo‘ladi. Moddiy zarar esa yiliga o‘rtacha 400 mln |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling