IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
94
Muqobili yo‘q tabiiy resurslarga atmosfera havosi, chuchuk suvlar kiradi.
Tabiiy resurslardan samarali foydalanishda ularning ana shu xususiyatlariga
e‘tibor berish kerak bo‘ladi.
1.
Tabiiy resurslarga iqtisodiy baho berishda va ularning iqtisodiy
ahamiyatini baholashda ulardan xo‘jalikda foydalanish turi va yo‘nalishiga qarab
ham klassifikatsiyalanadi. Bu klassifikatsiyalashning mezoni sifatida resurslarni
moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarga, ya‘ni tovar ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalariga mansubligiga qarab ham bo‘linadi. Tovar ishlab
chiqarish xususiyatiga ko‘ra tabiiy resurslar sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi resurslariga bo‘linadi.
Sanoat ishlab chiqarishi resurslariga sanoatda foydalaniladigan barcha tabiiy
resurslar kiradi. Lekin shu yerda ta‘kidlab o‘tish kerakki, sanoat ishlab
chiqarishining juda ko‘p tarmoqli ekanligi sababli tabiiy resurslar ham ko‘p
turlarga bo‘linadi:
A) Energetik tabiiy resurslarga energiya ishlab chiqarishda ishlatiladigan
tabiiy xomashyoning barcha turlarini kirtish mumkin. Bularga:
yonuvchi tabiiy qazilmalar (neft, gaz, ko‘mir va boshq.);
gidroenergiya resurslari (daryo suvi energiyasi va x.k.);
bioenergiya manbalari (yog‘och, qishloq xo‘jaligida olinadigan biogaz
va boshqalar);
yadro energiyasi manbalari (uran va boshqa radiaktiv elementlar).
B) Noenergetik resurslar sanoatning turli tarmoqlariga xom-ashyo beruvchi
va ishlab chiqarishning texnik xususiyatlariga qarab unda ishtirok etuvchi
resurslar:
rudali va ruda bo‘lmagan tabiiy resurslar;
sanoat ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan suv resurslari;
sanoat obyektlari va infrastrukturalar tagidagi yerlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |